AQSh-Janubiy Koreya: Pxenyan uzoqni o'ylab ish ko'rsin

  • Amerika Ovozi

AQSh rahbari Barak Obama Janubiy Koreya prezidenti Li Myun-Bak bilan, Seul, 25-mart, 2012

AQSh rahbari Barak Obama Janubiy Koreya prezidenti Li Myun-Bak bilan, Seul, 25-mart, 2012

AQSh rahbari Barak Obama bugun Seulda Janubiy Koreya prezidenti Li Myun-Bak bilan muzokara olib bordi.

"Shimoliy Koreya solayotgan har qanday tahdidga nisbatan birgalikda chora ko’ramiz va kelishib ish tutamiz", - deydi Obama.

Pxenyan, deydi Amerika prezidenti, do’q-po’pisani bas qilib, xalqaro hamjamiyat bilan til topishish haqida o’ylasin.

Kelasi oy Shimoliy Koreya raketa sinovlari o’tkazmoqchi. Bu Janubni qattiq tashvishga solmoqda.

Obama ikki Koreya chegarasida, 25-mart, 2012

Obama ikki Koreya chegarasida, 25-mart, 2012

Shimol, deydi Li Myun-Bak, provokatsion harakatlarni to’xtatishi kerak.

Koreya yarimoroli hayotini xavf ostiga qo’yish o’ta ketgan mas’uliyatsizlik, deydi Janub rahbari.

Ertaga Seulda 50 davlat ishtirokida yadroviy xavsizlikka bag’ishlangan xalqaro sammit boshlanadi. Eron va Shimoliy Koreyaning yadroviy maqsadlari – asosiy mavzular.

Obama Yevropa Ittifoqi, Rossiya, Xitoy va Qozog’iston prezidentlari bilan alohida uchrashishi kutilmoqda.

Bugun AQSh rahbari ikki Koreya orasidagi chegara zonasini ko’zdan kechirdi. Hududni muhofaza qilayotgan amerikalik askarlar bilan muloqot qildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG