AQSh rahbari Qirg'izistonni muvaffaqiyatli saylovlar bilan qutlamoqda

  • Amerika Ovozi

Oq Uy, Vashington

Oq Uy, Vashington

"Men Qirg'iziston xalqi va hukumatini kechagi saylovlar bir tartibda o'tgani bilan tabriklayman",- deydi prezident Barak Obama, bugun bergan bayonotida.

"Eng avvalo men Qirg'izistonda saylovchilarni tarixiy jarayonda qatnashib, hokimiyatni tinch va demokratik tarzda yangilash uchun ovoz bergani bilan qutlayman",- deydi u.

Kuzatuvchilarning aytishicha, saylov bexato o'tmagan. Muammolar tekshirilib, kamchiliklar tuzatilishi kerak.Vashington jarayon tekis va oshkora o'tishini ta'minlash uchun yordamni ayamaganini qayd etmoqda.

Obama fikricha, saylov kampaniyasi qizg'in, bahsu-tortishuvlar bilan, raqobatli kechgani ijobiy hol. Saylovni kuzatish uchun mahalliy va chet ellik mehmonlarga zarur sharoitlar yaratildi, biror to'siq qo'yilmadi.

Lekin, deya eslatadi Barak Obama, saylov demokratik boshqaruvning bir qismi xolos. Keyingi qadam, deydi u, mamlakatni iroda bilan boshqara oladigan, layoqatli koalitsion hukumat tuzish.

"Qirg'iziston yaqinda katta fojialarni boshdan kechirganini hisobga olsak, oldinda hali ulkan sinovlar turibdi",- deydi Obama.

"Kechagi saylov Qirg'iziston, qolaversa butun Markaziy Osiyo va dunyo bo'ylab demokratiya tarafdorlariga umid bag'ishlaydi. Bizni bu jasoratli xalqqa demokratiya, iqtisodiy taraqqiyot, barqarorlik va xavfsizlik yo'lida yordam berishga undaydi", - deydi AQSh rahbari.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG