Prezident Obama Qirg'iziston uchun yana 9,5 million dollar yordam ko'rsatishni buyurdi

  • Amerika Ovozi

AQSh Qirg'izistonda yuz bergan qonli voqealarda jabr chekib, boshpanasiz qolgan va xavf tufayli vatanni tark etishga majbur bo'layotgan fuqarolarga yordam tariqasida 9,5 million dollar ajratadi.

Oq Uy 27 avgust kuni Davlat kotibasi Xillari Klintonga mana shu haqda farmon uzatdi.

Unda prezident Barak Obama Davlat departamentining Aholi, Qochqinlar va Migratsiya bo'limiga bu masala bilan shug'ullanib, xalqaro va nohukumat tashkilotlar bilan yaqindan hamkorlikni yo'lga qo'yishni va moliyaviy ko'mak ko'rsatishni buyuradi.

Vashington O'sh va Jalol-Oboddagi qirg'in ketidan bu o'lkaga qariyb 49 million dollar miqdorida gumanitar va iqtisodiy yordam hamda tinchlikparvarlik borasida madad berishga qaror qilgan edi. Yuqoridagi 9, 5 million bunga qo'shimcha.

Daniel Rozenblum (Rosenblum) AQSh yordam koordinatori yaqinda "Amerika Ovozi" bilan suhbatda, bu mablag'ning har bir dollari maqsadga muvofiq sarflanadi, degan edi.

"Biz pulni o’z iznimizdagi idoralarga berayapmiz. Ular mablag’ni biz ma’qullagan proyektlar uchun ishlatadi. Butun nazorat o’z qo’limizda",- degan edi Rozenblum.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG