Prezident Obama: Liviyada qon to’kkanlar javob beradi

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obamaning aytishicha, Liviyada amerikalik to’rt diplomatni hayotdan olib ketgan “mantiqsiz zo’ravonlikni oqlash mumkin emas”.

Bing’ozida AQSh vakolatxonasi qurolli hujumga uchrab, elchi Kristofer Stivens va yana uch xodim o’ldirilgan.


Obama bugun Oq uyda Davlat kotibasi Xillari Klinton bilan yonma-yon turib so’zladi.

Amerika diplomatik idoralari xavfsizligini oshirish uchun maxsus choralar ko’riladi, deydi u.

Hujumchilar qilmishi uchun javob beradi, deydi prezident.

"Liviya hukumati bilan birga ishlab, qon to’kkanlarni topamiz... Mard farzandlar xotirasi Amerika ahli qalbida abadiy qoladi",- deydi Obama.

Hujum paytida liviyaliklar Amerika diplomatlarini yashirishga harakat qilib, elchi Stivensni kasalxonaga yetkazgan.

Stivens Liviyada erkinlik, tinchlin va farovonlik uchun kurashgan, deya eslatadi prezident.

Oq Uyga da’vogar respublikachi Mitt Romni Obamaning bu vaziyatda xatti-harakatlarini tandiq qilmoqda.

Misr va Liviyada diplomatik missiyalar nishonga olinar ekan, Obama ma’muriyati avval boshdan hujumlarni qoralash o’rniga jinoyatchilarga hamdard bo’lganday tutdi o’zini, deydi Romni.

Respublikachilarning iddaosi shuki, amaldagi prezident keskin choralar ko'rishga jur'at eta olmayapti. Amerika xalqi xavfsizligi har narsadan ustun qo'yilishi, prezident o'z davlati himoyasi uchun dadilroq harakat qilishi kerak, deydi konservativ siyosat tarafdorlari.

Prezident Obama esa mamlakat bir necha diplomatidan ayrilib turgan bir paytda Romni siyosiy hamlalarni munosib topganidan hayratda.

Qo'shma Shtatlar diniy e'tiqodni izza qilishga qarshi va asossiz zo'ravonlikni mutlaqo oqlab bo'lmaydi, deydi u.

Amerika-Islom aloqalari kengashi rasmiysi Nihad Avad fikricha, hujumga turtki bergan film "sifatsiz, saviyasiz bir mahsulot", "musulmonlar g'azabini qo'zg'atish yo'lida qabih bir chora" va unga e'tibor bermaslik lozim.

Islomiy Hamkorlik Tashkiloti Bosh kotibi Akmaliddin Ehsono'g'li filmni "achinarli" deb ta'riflaydi. U Amerika diplomatlariga hujumlarni keskin qoralab chiqdi.


Elchining murojaatini tomosha qiling (ingliz tilida):

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG