Seulda prezidentlar Obama va Medvedev muloqot qildi

  • Amerika Ovozi

Preident Obama Rossiya rahbari Dmitry Medvedev bilan Seulda gaplashmoqda, 26-mart, 2012-yil

Preident Obama Rossiya rahbari Dmitry Medvedev bilan Seulda gaplashmoqda, 26-mart, 2012-yil

Prezident Barak Obamaning aytishicha, Qo'shma Shtatlar Rossiya bilan qurollar nazoratiga doir yana bir bitim imzolamoqchi. Seulda o'tayotgan yadro xavfsizligi bo'yicha xalqaro sammit doirasida Obama prezident Medvedev bilan yadro qurollarini yanada qisqartirish haqida gaplashdi.

Mavzu prezidentlikka qayta saylangan Vladimir Putin bilan inauguratsiyasidan so'ng atroflicha muhokama etiladi.

Ikki davlat 2010-yilda strategik qurollarni qisqartirish bitimini yangilashga muvaffaq bo'ldi. Aloqalarimiz, deydi prezident Medvedev bugungi sammitda, so'nggi 10 yildan beri eng yaxshi davrni boshdan kechirmoqda. Shunga qaramay AQShning Yevropada raketa hujumiga qarshi mudofaa tizimi Rossiya qarshiligiga uchragan.

AQSh rasmiylari nazarida ikki davlat bir-birini yaxshi tushunadi, ammo 2012-yil har ikki mamlakat uchun saylov yili bo'lgani sababli ba'zi masalalar yechimsiz qolishi tabiiy.

Prezident Obamaning Medvedevga aytishicha, muammoli masalalarni Obamaning ikkinchi prezidentlik muddatida hal qilish osonroq bo'ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG