AQSh Isroil va Falastinni bosiqlikka chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

G'azo Sektori Isroil havo hujumidan so'ng, 9-iyul, 2014-yil

G'azo Sektori Isroil havo hujumidan so'ng, 9-iyul, 2014-yil

Isroil G’azodan kelayotgan snaryad hujumlarini to’xtatish maqsadida sektorni o’qqa tutishda davom etmoqda. Falastin rasmiylariga ko’ra, so’nggi ikki kunda G’azodagi bir necha shahar havo hujumiga uchrab, 23 odam o’lgan, yuzdan ziyodi jarohat olgan.

Isroil hududga qo’shin kiritishi mumkinligini bildirmoqda.

Prezident Obama tomonlarni bosiqlikka chaqirdi. Unga ko’ra, Isroil va Falastin bir-birining xavfsizligini kafolatlovchi mustaqil davlat sifatida yonma-yon yashashi kerak.

Falastin prezidenti Mahmud Abbos kecha televideniye orqali namoyish etilgan bayonotida BMT Xavfsizlik Kengashi va Yaqin Sharq tinchligi bo’yicha muzokaraga homiy to’rtlikni Falastin xalqi xavfsizligini ta’minlashga chaqirdi.

Isroil mudofaa vaziri Moshe Yaalonning aytishicha, armiya G’azoda HAMAS jangarilariga qarshi amaliyot boshlashga tayyorlanmoqda.

G’azo bilan chegarada Isroilning zirhli transporti va tanklari to’plangan. Zaxiradagi bir yarim ming odam armiyaga chaqirtirilgan. Vazirlar mahkamasi jami 40 minggacha zaxirachini jalb qilishga ruxsat berdi.

Oq uy matbuot kotibi Josh Ernest XAMAS ning Isroilga qarshi hujumlarini qoralab, Isroil o’zini mudofaa qilishga haqli, dedi.

G’arbiy Sohilda uch yahudiy o’smirning jasadi topilgach, so’ng bunga javoban Quddusda bir arab bola o’ldirilgach ikki o’rtada ixtilof kuchaydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG