Obama: Musulmonlarni qoralash muammoga yechim emas

  • Amerika Ovozi

AQSh Prezidenti Barak Obama

AQSh Prezidenti Barak Obama

AQSh Prezidenti Barak Obama musulmonlarni mamlakatga kiritmaslik haqida respublikachi Donald Tramp olg'a surgan taklifni keskin qoraladi. Bu Amerika demokratik tamoyillariga zid, dedi u.

Obama, shuningdek, terrorizmga nisbatan "radikal islomiy terrorizm" atamasini qo'llamayotgani yuzasidan bildirilgan tanqidlarni ham asossiz deb atadi.

"Uni boshqa nom bilan atash muammoni hal qilib qo'ymaydi", - dedi Obama.

Davlat rahbari o'z murojaatida "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi davom etayotgan kurash bo'yicha ham hisobot berdi. Uning aytishicha, terrorchi to'da nafaqat hududlarini, balki moliyaviy manbalarini ham boy bermoqda.

Obama terror xurujlaridan siyosiy maqsadlar yo'lida foydalanishga urinayotganlarni qoraladi. Nomini tilga olmagan bo'lsa ham, bu gaplari bilan u prezidentlik uchun respublikachi nomzod Donald Trampga ishora qildi.

"Amerikaliklarni o'ldirishni xohlovchilar qo'liga qurol tushib qolishini qiyinlashtirishimiz kerak. Bunday urush qurollari o'nlab begunoh insonlar hayotiga zomin bo'lmoqda. Terrorga qarshi amalda qat'iy bo'ling", - dedi Prezident Obama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG