Obama Myanma muxolifatini g'alaba bilan tabrikladi

  • Amerika Ovozi

Myanma (sobiq Birma)

Myanma (sobiq Birma)

AQSh Prezidenti Barak Obama Myanmada asosiy muxolif partiya rahbari Au San Su Chini parlament saylovlaridagi salmoqli g'alaba bilan tabrikladi. Oq uy bayonotida Tinchlik uchun Nobel mukofoti sohibasining mamlakatda tinch yo'l bilan demokratiyani targ'ib qilishdagi ko'p yillik tinmas harakatlari va fidokorligi olqishlandi.

"Saylov va yangi hukumatning tuzilishi Myanmada demokratiyaga o'tishda muhim qadamdir", - deyiladi Obama bayonotida.

AQSh rahbari Myanma Prezidenti Teyn Sheynga qo'ng'iroq qilib, saylov natijalarini hurmat qilishga chaqirgan.

So'nggi natijalarga ko'ra, Au San Su Chining Demokratiya uchun milliy ligasi parlamentning quyi palatasida 243 ta o'rindan 196 tasini, yuqori palatada esa 116 o'rindan 95 tasini qo'lga kiritgan. Hukmron Birdamlik va taraqqiyot ittifoqi partiyasi mag'lubiyatini tan olgan.

Prezident Teyn Sheyn va armiya saylov natijalarini qabul qilishini bildirgan.

2008-yilda qabul qilingan konstitutsiyaga ko'ra, parlamentdagi o'rinlarning 25 foizi hamda hukumatdagi muhim lavozimlar, jumladan mudofaa, ichki ishlar, chegara xavfsizligi vazirlari lavozimlari avtomatik ravishda harbiylarga beriladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG