Obama ma'muriyati davlat xavfsizligiga doir rejani e'lon qildi

  • Amerika Ovozi

Prezident Obama hujjatning kirish qismida o'z tashqi siyosatini himoya qilar ekan, murakkab muammolarni ozonlikcha hal qilib bo'lmasligi tabiiy, deya yozadi.

Prezident Obama hujjatning kirish qismida o'z tashqi siyosatini himoya qilar ekan, murakkab muammolarni ozonlikcha hal qilib bo'lmasligi tabiiy, deya yozadi.

Barak Obama ma'muriyati qonunchilarga davlat xavfsizligi yuzasidan rejasini e'lon qilib, unda "Islomiy davlat"dan tortib, Ukraina, Xitoygacha barcha mavzular ko'tarildi. Davlat xavfsizligi bo'yicha maslahatchi Syuzan Rays bugun Brukings tahlil institutida hujjat yuzasidan chiqish qildi.

33 sahifalik strategiyada (National security strategy) katta o'zgarishlar yo'q. Bu hujjat Obamaning kelasi ikki yillik faoliyatini belgilaydi va unda keskin jangovar tashabbuslar ko'zda tutilmagan.

Ayrim respublikachi qonunchilar Obamani global tahdidlarga munosib javob bera olmayotganlikda ayblab tanqid qiladi. "Islomiy davlat" solayotgan xavf, Rossiyaning Ukrainadagi xatti-harakatlari shular jumlasidan. Obama o'z strategiyasida jangarilar bilan keng ko'lamli urushlar emas, balki alohida aksil-terror amaliyotlari yo'li bilan olishmoqchi.

Prezident Obama hujjatning kirish qismida o'z tashqi siyosatini himoya qilar ekan, murakkab muammolarni ozonlikcha hal qilib bo'lmasligi tabiiy, deya yozadi. Davlat rahbari Amerikaning jahondagi mavqeini mustahkamlashga tayyor ekanini, ekstremizm xavfi bilan olishishda davom etishini aytmoqda. Strategiyada, shuningdek, kiber-xavfsizlik, iqlimdagi salbiy o'zgarishlar va gomoseksuallar huquqlari tilga olinadi.

1986-yilgi qonunga muvofiq, prezident har yili Kongressga davlat xavfsizligiga doir strategiyani taqdim etishi kerak. Biroq amalda bu ish bir necha yilda bir qilinadi. Xususan, Obama strategiyaga doir hujjatni oxirgi bor 2010-yilda havola etgan. Shundan beri Amerika qo'shinlari Iroqdan chiqdi, Afg'onistondan askarlar vatanga qaytdi.

Bugun "Islomiy davlat" kun tartibidagi eng qonli masalalardan. Jangarilar Iroq va Suriyaning katta qismlarini ishg'ol etib, dahshatli qotilliklarni amalga oshirmoqda.

Oq uy, bu orada, Ukraina hukumatiga qurol uzatib shu tariqa isyonchilarga qarshi kurashda yordam berish ustida o'ylanmoqda.

Bu muammolar Obamaning Osiyoga yo'naltirilgan diplomatik, xavfsizlik va iqtisodiy strategiyasidan e'tiborni chalg'itmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG