NATO sammiti: Terrorizm, Rossiya-Ukraina ixtilofi, Breksit

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama va Polsha rahbari Andrey Duda

Prezident Barak Obama va Polsha rahbari Andrey Duda

Sovuq urush davridan beri NATOning eng muhim sammitlaridan biri bu. Prezident Obama Polshada ikki kunlik anjumanda qatnashyapti. U AQSh rahbari lavozimida qit'aga oxirgi bor safar qilishi.

NATOga a'zo Britaniyaning Yevropa Ittifoqidan chiqishi va buning asorati Obamaning xayolini band qilgan asosiy muammolardan.

"Qo'shma Shtatlar Yevropa mustahkam va birlashgan bir ittifoq bo'lib qolishidan manfaatdor", - dedi Barak Obama.

"Yevropa Ittifoqi va Britaniya o'zaro aloqalarni qayta ko'rib chiqar ekan, hamma jarayon iloji boricha silliq kechishini istaydi. Bosh vazir Deyvid Kameron va Kansler Angela Merkel bilan suhbatim asosida shunday bo'lishiga ishonch hosil qildim", - deydi AQSh rabari.

Uning tan olishicha, Britaniya ketishi ortidan Yevropada integratsiya istiqboli ham savol ostida. Biroq Amerika bu ittifoqning ishonchli ittifoqchisi bo'lib qolishi shubhasiz, dedi u.

Varshavadagi anjumandan keyin Obama Ispaniyaga jo'nab ketadi. Prezident sifatida bu davlatga birinchi bor safar qilishi.

Bugun u Yevropa Kengashi Prezidenti Donald Tusk va Yevropa Komissiyasi rahbari Jan Klod Yunker bilan ko'rishdi. Uch arbob Breksitdan keyingi qadamlarni muhokama qilib olgan.

NATO sammitida, shuningdek, "Islomiy davlat" to'dasiga qarshi kurash, Rossiya-Ukraina ixtilofi kabilar ham muhokama qilinadi. Rossiya NATOning harbiy jihatdan eng qudratli qo'shnilaridan sanaladi va Ukrainadagi urushni alyans o'z xavfsizligiga tahdid deb biladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG