Obama: AQShni muhojirlar bunyod etgan

  • Amerika Ovozi

Vashington, 15-dekabr, 2015

Vashington, 15-dekabr, 2015

AQSh Prezidenti Barak Obama deydiki, mamlakatni bunyod etishda muhojirlar katta rol o'ynagan.

Vashingtonda 31 kishini AQSh fuqaroligiga qabul qilish marosimida so'zlashdan oldin prezident to'rt qit'adan bo'lgan erkak va ayollar qasamyodini kuzatdi.

Bu davlat paydo bo'lishi va uni rivojlantirishda muhojirlar ulkan hissa qo'shgan, deydi Obama.

Tub aholidan tashqari barcha qayerdandir kelgan, deydi prezident, o'tmishni bilish va undan saboq olish kerak.

"Bugungi meksikalikda 100 yil oldingi katolik immigrantni ko'ramiz. Bugungi suriyalik esa Ikkinchi Jahon urushidan qochgan yahudiy bilan teng. Bu yangi amerikaliklar taqdirida o'zimizning hayotimizni ko'ramiz", - deydi Obama.

AQSh rahbari nemis va italyan muhojirlarning mamlakatga kirishi taqiqlangan hamda yaponlar lagerlarda saqlangan Ikkinchi Jahon urushi davrini ham yodga oldi.

Qo'rquvga berilish bu davlatni bunyod qilgan qadriyatlarga xiyonat qilishdir, buning takrorlanishiga yo'l qo'ymaslik kerak, deydi Obama, ayrim siyosatchilarning immigratsiya va qochqinlarga qarshi bayonotlariga ishora qilib.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG