Isroil rahbari Vashingtonda prezident Obama bilan uchrashmoqda

  • Amerika Ovozi

AQSh prezidenti Barak Obama Vashingtonda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashmoqda, 30-sentabr, 2013-yil

AQSh prezidenti Barak Obama Vashingtonda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashmoqda, 30-sentabr, 2013-yil

AQSh prezidenti Barak Obama bugun Oq uyda Isroil bosh vaziri Benyamin Netanyaxu bilan uchrashib, Yaqin Sharq tinchligi muzokaralari xususida gaplashadi.

Falastin muzokaralar natijasida mustaqil davlatga ega bo’lmoqchi. Isroil esa Falastinning tinch va do’stona qo’shni bo’lishiga umid qilmoqda. Iyul oyida jonlangan muloqot sekinlashgan. Rejaga ko’ra, tomonlar kelasi oygacha yakuniy bitimga kelishishi kerak.

Prezident Obamaning matbuotga aytishicha, buning uchun vaqt oz qolyapti.

“Agar muzokara yana natija bermasa, AQSh Isroilni xalqaro bosimdan ortiq himoya qila olmasligi mumkin”, - deydi Obama.

Dunyo bo’ylab Isroilning bosib olingan yerlarda ishlangan mahsulotlariga boykot kuchaymoqda.

Netanyaxu Isroil tashqi bosim ostida ishlay olmasligini aytmoqda.

Muzokaralarda Quddus shahrining maqomi, G’arbiy Sohildagi yahudiy posyolkalari, falastinlik qochqinlar va davlat chegaralari taqdiri muhokama qilinmoqda.

Obama 17-mart kuni Oq uyda Falastin prezidenti Mahmud Abbosni qabul qiladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG