Breaking News

Obama Vashingtonda Skandinaviya rahbarlari bilan uchrashdi


AQSh, Islandiya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Daniya rahbarlari Vashingtonda, 13-may, 2016
AQSh, Islandiya, Finlyandiya, Norvegiya, Shvetsiya va Daniya rahbarlari Vashingtonda, 13-may, 2016

AQSh Prezidenti Barak Obama Skandinav sammitiga mezbonlik qilmoqda. Mintaqa mamlakatlari rahbarlari Oq uyga tashrif buyurdi - Islandiya Bosh vaziri Sigurdur Ingi Joxannsson, Finlyandiya Prezidenti Sauli Niinisto, Norvegiya Bosh vaziri Erma Solberg, Shvetsiya Bosh vaziri Stefan Lofven va Daniya Bosh vaziri Lars Lokke Rasmussen.

Obamaning aytishicha, Skandinav davlatlari hamkorlik bobida o'rnak olsa arziydigan mamlakatlar.

"Ular kichik bo'lsa-da, gumanitar va ekologiya sohalarida, xavfsizlik va iqtisodiyotda ko'p ish qilishadi, ular bizning eng ishonchli va samarali hamkorlarimiz", - dedi Amerika rahbari.

Obamaga ko'ra, agar dunyodagi har bir mamlakat Skandinav mamlakatlariga o'xshaganida edi, dunyoda xavfsizlik va farovonlik hukm surar edi.

"Biz harbiy jihatdan qudratli bo'lmasak-da, yangiliklarni kashf etishda, ta'lim sohasida, raqobatda, taraqqiyotda va toza texnologiyalarda tengsizmiz. Iqtisodiyotimizni qo'shib hisoblaganda dunyoda 12-o'rindamiz", - dedi Finlyandiya rahbari.

Norvegiya bosh vaziriga ko'ra esa, AQSh va Skandinav davlatlari bir yoqadan bosh chiqarsa, dunyoni o'ziga ergashtira oladi.

"To'g'ri qadam qo'ysak, to'g'ri qarorlar qabul qilsak, kelasi 15 yilda qashshoqlikni kamaytirishimiz va bu bilan tinchlik va adolatning qaror topishiga hissa qo'shishimiz mumkin. Keng qamrovli hamkorlik va yangicha innovatsion yondashuvlar orqaligina bu maqsadga erishsak bo'ladi. AQSh va Skandinav davlatlari esa oldingi qatorlarda bo'ladi", - deydi Erma Solberg.

Obama va mintaqa rahbarlari Rossiya tashqi siyosati, Yevropada migrantlar oqimi, "Islomiy davlat"ga qarshi kurashda hamkorlikni oshirish xususida gaplashmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG