Obama: Pxenyan mas'uliyatli bo'lsa, jahon hamjamiyati mos javob beradi

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama Shimoliy Koreyani yadroviy va raketa sinovlarini bas qilishga undamoqda. Pxenyan mas’uliyatli ekanini namoyish etsa, bosiqlik bilan ish ko’rsa, xalqaro hamjamiyat ham mos javob qiladi, deydi Amerika prezidenti.

Shimoliy Koreya yadro bombasini va raketani sinagach, BMT Xavfsizlik kengashi o’tgan hafta qo’shimcha sanksiyalarni qo’lladi va bunga javoban Pxenyan do’q-po’pisa qila boshladi.

Kommunistik davlat Qo’shma Shtatlarga hujum qilishini, 1950-yillar boshida Koreya urushini tugatgan kelishuvdan chiqishini aytmoqda.

Prezident Obama kecha AQShning “Ey-Bi-Si” telekanaliga bergan intervyusida xakerlar hujumlari masalasiga ham to’xtaldi.

Uning aytishicha, Amerika kompaniyalari va tashkilotlariga kiber-xurujlarning ayrimlarini Xitoy hukumati uyushtirgan.

Obama rasmiy Pekinni xalqaro qonunlarga amal qilishga undaydi. AQSh razvedkasi izohiga ko’ra, Xitoy harbiy ekspertlari Qo’shma Shtatlarning 150 firmasidan maxfiy axborotni o’g’irlagan. Rasmiy Pekin bu da’volar asossiz, deydi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG