Breaking News

Obama: Neft qimmatlab boraversa, zaxirani ishga solamiz


Obama: Neft qimmatlab boraversa, zaxirani ishga solamiz
Obama: Neft qimmatlab boraversa, zaxirani ishga solamiz

Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi g’alayonlar sabab jahon bozorida neft narxi oshib bormoqda. Ta’minot uzilishi mumkin degan xavotirlar bunga asosiy sabab.

Neft qimmatlashi krizisdan endi tuzalayotgan global iqtisodiyotning ham beliga tepmoqda.

Prezident Barak Obama benzin bahosini pasaytirish uchun strategik zaxiramizni bozorga chiqarishga tayyormiz, deydi. Benzin narxi Amerikada o’tgan bir oyda 24 foizga oshgan.

Oq uyda o’tgan matbuot anjumanida AQSh rahbari xususan Liviyadagi ahvol hamda Yaponiyani qaqshatgan zilzila borasida ham to’xtaldi.

“AQSh va unga ittifoqchi davlatlar Liviya rahbari Muammar Qaddafiyni siquvga olishda davom etadi. Ham harbiy, ham noharbiy vositalar bilan”, - deydi Obama.

Amerika dadilroq harakat qilishi kerak, deb chiqayotganlarga Oq uyning javobi: “Bunday murakkab qarorlarni har tomonlama o’ylab va BMT roziligi bilan qabul qilish kerak”.

Harbiy chora kutilgan natijani bermasligi va bu davlat ichki ishlariga aralashuv deb talqin qilinishi mumkin, deya eslatadi rasmiylar.

Qo'shma Shtatlar Yaponiyaning zilzila urgan hududlariga harbiy kema va samolyotlarini safarbar etmoqda. Barak Obama Yaponiya Bosh vaziri Naoto Kan bilan telefon muloqotda har qanday ko'mak uzatishga tayyormiz degan.

XS
SM
MD
LG