Fransiya prezidenti AQShda

  • Amerika Ovozi

AQSh rahbari Barak Obama Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan Amerika asoschilaridan biri Tomas Jeffersonning uy muzeyida, Virjiniya shtati, 10-fevral, 2014

AQSh rahbari Barak Obama Fransiya prezidenti Fransua Olland bilan Amerika asoschilaridan biri Tomas Jeffersonning uy muzeyida, Virjiniya shtati, 10-fevral, 2014

Prezident Barak Obama Fransiya rahbari Fransua Olland bilan Virjiniya shtatining Sharlotsvil shahrida uchrashib, Amerikaning uchinchi prezidenti Tomas Jeffersonning uy muzeyida bo'ldi.

Ikki arbob Vashingtonda kechadigan muzokaralarda Eron yadro dasturi, aksilterror harakatlar va Afrikada ocharchilikka qarshi kurash xususida gaplashadi.

Obama va Ollandning “Vashington Post” gazetasida chop etilgan qo’shma maqolasida aytilishicha, AQSh va Fransiya aloqalari so’nggi yillarda ijobiy tomonga o’zgargan.

Bu davlatlar Mali, Markaziy Afrika Respublikasi va Somalida islomiy jangarilar bilan birgalikda olishdi, zaharli gazlarning atmosferaga chiqarilishiga qarshi bir qator tashabbuslar bilan chiqdi. Kelasi yili Fransiyada iqlim o’zgarishiga doir xalqaro anjuman o’tkaziladi.

Ollandning Sharlotsvil shahriga taklif etilgani bejiz emas. Jefferson bir vaqtlar AQShning Fransiyadagi elchisi bo’lgan. So’ng davlat kotibi, vitse-prezident va prezidentlikka ko’tarilgan.

Olland San-Fransiskoda ham bo’ladi. Uning sharafiga Oq uyda ziyofat beriladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG