Obama: Terrorist yetakchilar qayerda bo’lmasin, nishonga olamiz


Obama: Terrorist yetakchilar qayerda bo’lmasin, nishonga olamiz

Obama: Terrorist yetakchilar qayerda bo’lmasin, nishonga olamiz

“Pokiston yoki boshqa bir davlatda Osama bin Laden kabi terrorist yetakchilar aniqlansa, ularni qo’lga olish yoki o’ldirishga yana ruxsat bergan bo’lardim”, - deydi AQSh rahbari Barak Obama.

“Pokiston suverenitetini hurmat qilamiz, lekin mening vazifam Amerika xavfsizligini ta’minlash”, - dedi Obama Yevropaga safari oldidan, “BBC” bilan suhbatda.

Obama: Terrorist yetakchilar qayerda bo’lmasin, nishonga olamiz

Obama: Terrorist yetakchilar qayerda bo’lmasin, nishonga olamiz

Oy boshida AQSh maxsus kuchlari Pokistonning Abbotobod shahriga ruxsatsiz kirib, Bin Ladenni yo’q qilgan edi. Maxfiy operatsiya bu davlatda keskin norozilik uyg’otgan.

“Al-Qoida yo’lboshchisi qayerda ekanini aniqlasak, chora ko’ramiz deb boshidan ta’kidlab kelganman”, - deydi prezident.

Pokiston parlamenti Abbotobodda o’tkazilgan reydni qoralab, yaqinda rezolyutsiya qabul qilgan. Afg’onistonda jang qilayotgan zobitlarga Pokiston orqali yuk yetkazish yo’llarini yopib qo’yish haqida ogohlantirgan.

Ikki davlat terrorga qarshi kurashda strategik hamkor, biroq Vashington Pokiston razvedkasini jangarilar bilan aloqada ayblab keladi. O’rtada ishonch yo’q.

Prezident Obamaning aytishicha, AQSh Afg’onistondagi urushga yakun yasash uchun Tolibon bilan muzokaraga ham tayyor, biroq bu harakat rahbariyati avvalo al-Qoida bilan aloqani uzishi kerak.

AQSh prezidenti bugun Yevropa bo’ylab safarga otlanmoqda. Britaniya, Irlandiya, Fransiya va Polshaga tashrif buyuradi.

XS
SM
MD
LG