"Time" jurnali: Barak Obama - Yil Insoni

  • Amerika Ovozi

AQShning "Time" (Taym) jurnali yaqinda qayta saylangan prezident Barak Obamani "Yil Insoni" deya e'tirof etmoqda.

"Xalqni yagona maqsad sari boshlagani, zaiflikni imkoniyatga aylantira olgani hamda kuchli qarshilikka qaramasdan komilroq ittifoq sari qilgan sa'y-harakatlari uchun Barak Obamani 2012-yil shaxsi sifatida tanladik", - deya yozadi "Time".

Unvonga ko'rsatilgan boshqa nomzodlar orasida Malala Yusufzay, Pokistonda xotin-qizlarni ta'lim olishga undagani uchun Tolibon hujumiga uchrab, omon qolgan qizaloq ham bor.

Shuningdek, Apple kompaniyasi rahbari Tim Kuk, Misr prezidenti Muhammad Mursiy va italiyalik olim Fabiola Jianatti.

Barak Obama, AQShning ilk qora tanli rahbari, 2008-yilda ham "Time" jurnali tomonidan "Yil Insoni" deya e'tirof etilgan edi.

2011-yilda arab bahorini boshlab bergan isyonkor fuqaro, 2010-yilda esa Facebook ommabop sayti rahbari Mark Zukerberg tanlangan edi.

Ayni damda Obama muxolif partiya, respublikachilar bilan "moliyaviy jarlik"ni bartaraf etish yuzasidan muzokara olib borayapti.

Bu degani, agar kelishuvga erishilmasa, 1-yanvardan bacha uchun soliqlar oshadi va ijtimoiy-harbiy dasturlar kesiladi.

"Mamlakat yuzlashayotgan jiddiy muammolar fonida qayta saylangan Obama demografik va madaniy o'zgarishlarni boshdan kechirayotgan yangi Amerikaning muallifi", - deb yozadi "Time".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG