Obama Polshada Ukraina haqida gaplashdi

  • Amerika Ovozi

AQSh prezidenti Barak Obama Varshavada Polsha prezidenti Bronislav Komorovskiyning (chapda) mehmoni, 3 iyun, 2014-yil

AQSh prezidenti Barak Obama Varshavada Polsha prezidenti Bronislav Komorovskiyning (chapda) mehmoni, 3 iyun, 2014-yil

Yevropa bo’ylab safarga chiqqan AQSh prezidenti Barak Obama bugun Varshavada Polsha rahbari Bronislav Komorovskiy bilan uchrashdi.

Obama Yevropadagi ittifoqchi davlatlar armiyalarining tayyorgarligini oshirish, amerikalik zobitlarni qit’aga safarbar qilish, Qora va Boltiq dengizlarida AQSh harbiy kemalarini ushlab turish uchun bir milliard dollar kerakligini aytmoqda.

Ikki prezident asosan Ukrainadagi vaziyat xususida gaplashgan. Unga qo’shni Polsha sharqdagi notinchlikdan xavotirda.

Obamaga ko’ra, agar Rossiya mojaroga barham berishga hissa qo’shmasa, unga qarshi iqtisodiy sanksiyalar kuchaytiriladi. Obama Rossiya rahbari Vladimir Putinni Ukrainada yangi saylangan prezident bilan uchrashishga chaqirdi. Uning o’zi Petro Poroshenko bilan chorshanba kuni Polshada uchrashmoqchi.

Polsha va Amerika prezidentlari NATO ning Yevropadagi salohiyatini oshirish xususida ham gaplashgan.

"Amerika xavfsiziligi ko’p jihatdan Markaziy va Sharqiy Yevropadagi ittifoqchilarimiz xavfsizligiga ham bog’liqdir", - dedi Obama.

AQSh prezidenti Polsha bosh vaziri Donald Tusk bilan ham uchrashib, Ukrainaning energetika sanoatini isloh qilish xususida gaplashdi.

Polshadan so’ng Obama Bryusselda va Fransiyada ham bo’ladi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG