Obama, Putin telefonda gaplashib oldi

  • Amerika Ovozi

2012-yilning 18-iyuni. Meksikada Katta Yigirmalik uchrashuvida.

2012-yilning 18-iyuni. Meksikada Katta Yigirmalik uchrashuvida.

Kecha Amerika va Rossiya rahbarlari telefon orqali uzoq suhbatda bo’ldi.

Prezident Barak Obama Kremlga qo’ng’iroq qilib, prezident Vladimir Putin bilan o’zaro aloqalar, mintaqaviy va global masalalar haqida fikr almashdi.

Oq uy Kremlning Eron bo’yicha hamkorlik qilayotganidan mamnun.

Suriyada tinchlikka erishish uchun AQSh va Rossiya nihoyat bir yoqadan bosh chiqarayotgani ham ijobiy hol, deydi Obama. Bu hafta Berlinda ikki davlat tashqi ishlar vazirlari orasidagi muzokara samarali kechgan.

Savdo va sarmoya bobida ham dadilroq harakat qilishga kelishib olingan.

Iyun oyida Shimoliy Irlandiyada Katta Sakkizlik uchrashganida, Obama va Putin alohida muzokaralar olib boradi. Shu yilning sentabr oyida esa Amerika rahbari Rossiyaga safar qiladi. Sankt-Peterburgda Katta Yigirmalik sammiti rejalangan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG