Breaking News

Barak Obama: Ramazon oyi muborak bo'lsin!


AQSh prezidenti musulmon dunyosini muqaddas ayyom bilan tabriklab, islom adolat, tenglik va taraqqiyotni targ'ib qiluvchi dindir deydi.

Ro'za oyi boshlanar ekan, AQSh prezidenti Barak Obama dunyo musulmonlarini bu muqaddas ayyom bilan qutlab, "Ramazoni karim" - Ramazon muborak demoqda.

Prezident fikricha Ramazon oyi insoniyatga bir-biriga nisbatan mehr-oqibatli bo'lishni, e'tiqoddan quvvat olishni o'rgatib, xudo oldida hamma teng banda ekanini eslatadi.

Bu oy, deydi Barak Obama, musulmonlar ro'za tutib, kun botayotganida hammaga dasturxon yozib, bag'rikenglik va hamjihatlikni targ'ib qiladi. Ramazon imkoniyatlar yaratish va farovonlikka intilish davri hamdir, deydi prezident o'z tabrigida.

"Dunyoni o'zgartirishni istasak, shuni unutmasligimiz kerakki, o'zgarish avvalo o'z qalbimiz va o'zimiz yashayotgan jamiyatdan boshlanadi",- deydi u.

Prezident ta'biricha, islom iymon, adolat, taraqqiyot, tolerantlik, tenglik va har bir insonni qadrlash demakdir.

"Qo'shma Shtatlarda, Ramazon shuni eslatadiki, islom hamisha bu mamlakatning bir qismi bo'lib kelgan. Musulmonlar davlatimiz ravnaqi uchun behisob hissa qo'shgan",- deydi Obama.

Shu hafta Oq Uyda iftor dasturxoni yozilib, musulmon yetakchilar, chet el diplomatlari va boshqa nufuzlik arboblar taklif etiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG