Breaking News

Barak Obama musulmon ahlini hayit bilan qutlamoqda


Prezident oilasi bilan
Prezident oilasi bilan
AQSh rahbari Barak Obama Ramazon hayiti munosabati bilan dunyo musulmonlarini tabriklab, o'zi, oilasi va butun yurt nomidan ularga tinchlik-xotirjamlik tiladi.

"Oq Uyda bu yilgi iftorda Amerika musulmonlari bilan bir dasturxonda o'tirib, muloqot qildim. Ular mamlakatimiz demokratiyasi va iqtisodiyotini mustahkamlashda bebaho hissa qo'shib kelayotgan insonlar. Ular bilan iftor qilib, hayot noz-ne'matlarini qadrlash haqida o'yladik, yo'qsillarga yordam berish kerakligini yana bir bor angladik. Jumladan, Suriyada uy-joyidan ayrilib, boshpanasiz yashayotgan millionlab insonlarni yodga oldik. Ularga madadni oshirish uchun ro'za hayiti arafasida 195 million dollarlik oziq-ovqat yordami uzatdik. Mojarolar boshlanganidan beri bu mamlakat aholisiga 1 milliard dollardan oshiq ko'mak ko'rsatdik",- deydi prezident.

"Millionlab amerikaliklar uchun hayit boy madaniyat, urf-ofat demakdir. Hayit muborak bo'lsin!"
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG