Breaking News

AQSh va NATO rahbarlari keyingi sammit haqida gaplashdi


Prezident Obama va NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Oq uyda, Vashington, 31-may, 2013-yil
Prezident Obama va NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen Oq uyda, Vashington, 31-may, 2013-yil
Xalqaro kuchlar Afg’onistonni kelasi yili tark etishga hozirlanar ekan, AQSh prezidenti Barak Obama va NATO Bosh kotibi Anders Fog Rasmussen 2014-yilda alyans sammitini o’tkazishga kelishib oldi. Ikki arbob juma kuni Oq uyda uchrashgan.

Prezident Obamaning NATO rahbari bilan uchrashuvdan so’ng aytishicha, AQSh yetakchiligidagi xalqaro koalitsiya xavfsizlikni ta’minlash vazifasini mahalliy kuchlarga topshirmoqda.

"Bir necha haftadan so’ng Afg’onistondagi barcha jangovar operatsiyalar to’liq afg’onlar qo’mondonligi ostiga o’tadi", - dedi Obama.

NATO qo’shinlari jangovar amaliyotlardagi ishtirokiga kelasi yil oxirida yakun yasamoqchi. Biroq, deydi Rasmussen, AQSh va NATO harbiylarining bir qismi afg’on xavfsizlik kuchlarini tayyorlash, ularga maslahat va yordam berish maqsadida ma’lum muddatga Afg’onistonda qoladi.

"Maqsadimiz Afg’onistonni o’zini mustaqil ravishda himoya qila oladigan davlatga aylantirish va biz bu maqsad sari dadil harakat qilmoqdamiz. Biroq bu bilan ularni yolg’iz qoldiramiz, demoqchi emasman. Afg’on xalqi bilan uzoq muddatli hamkorlikka tayyormiz", - dedi NATO rahbari.

Prezident Obama so’zlariga ko’ra, xalqaro qo’shinlar Afg’onistonni tark etishidan oldin alyansning yana bir sammiti o’tkazilsa, maqsadga muvofiq bo’lardi.

"Sammit jarayonni maromida o’tishiga yordam beradi", - dedi Obama.

Keyingi yig’ilish joyi va kuni hozircha ma’lum emas. AQSh rahbariga ko’ra, Rasmussen mezbonlikka qaysi davlatni tanlash ustida o’ylanyapti. So’nggi sammit o’tgan yil mayida Chikagoda o’tkazilgan edi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG