Barak Obamaning prezidentlikka da’vosini iqtisodiy vaziyat belgilaydi

  • Amerika Ovozi

AQShda ishsizlik darajasi bir oz pasayib, ayni damda 9,1 foizni tashkil etmoqda. Ammo vaziyatni o’nglash uchun buning o’zi yetarli emas.

AQShda ishsizlik darajasi bir oz pasayib, ayni damda 9,1 foizni tashkil etmoqda. Ammo vaziyatni o’nglash uchun buning o’zi yetarli emas.

AQShda o’tkazilgan so’rov natijalari amerikaliklar mamlakatdagi iqtisodiy vaziyatdan chuqur xavotirda ekanini ko’rsatmoqda.

Bu esa 2012-yilning noyabrida bo’lib o’tadigan prezidentlik saylovlarida Barak Obama yutib chiqmasligi mumkinligidan ilk darak.

AQShda ishsizlik darajasi bir oz pasayib, ayni damda 9,1 foizni tashkil etmoqda. Ammo vaziyatni o’nglash uchun buning o’zi yetarli emas.

Amerikaliklar masalaga ko’proq ahamiyat qaratishni talab qilmoqda.

Prezident Barak Obama ishsizlar soni kamayganini olqishladi. Lekin 2008 yildan buyon 8 million amerikalik ish o’rnidan ayrilgan. Demak, quvonishga hali erta.

“Amerika xalqi va dunyodagi barcha hamkorlarimiz bilsinki, biz bu mashaqqatli davrdan o’tib olamiz. Iqtisodiy vaziyat albatta yaxshilanadi, bunga erishamiz”, - deya xalq ruhini ko’tarishga urinmoqda prezident.

Siyosatdonlar deydiki, kelasi yilgi poyga natijasini iqtisod hal qiladi. Mamlakatda ayni damda 14 million fuqaro ishsiz, o’sish sust, qimmatli qog’ozlar bozorida sarosima. Bunday muammolar bilan saylovda g’alaba qila olmaysiz.

“Iqtisodiyot yaxshilanishiga hali ham umid bor”, - deydi tahlilchi Jon Fortiyer. “Ammo ishsizlik sur’ati baland va kelajak mavhum bo’lib qolaversa, muxolifat kimligidan qat’iy nazar prezidentni qiyin ahvolga solib qo’yadi”.

Xalq orasidagi tushkun kayfiyat Obamaga bo’lgan ishonchni pasaytirmoqda. Ijtimoiy so’rovlarda buni yaqqol ko’rish mumkin. Mana men prezident bo’laman deb maydonga chiqqan 10 ga yaqin respublikachilar ham tanqidni kuchaytiryapti.

“Unga meros qolgan muammolarda Obama aybdor emas, lekin iqtisodiy vaziyat yomonlashishida aynan uni javobgar deb hisoblaymiz”, - deydi respublikachi senator Lamar Aleksandr.

Ekspertlar Vashingtonda siyosiy muhit o’ta keskinlashganini qayd etadi. Senatda hukmron demokratlar hamda o’tgan yilgi saylovda Vakillar Palatasini qo’lga olgan respublikachilar deyarli hech bir masalada kelishmaydi.

Byudjet va davlat qarzi ustidan kechgan bahslar ikki partiya o’rtasida jarlik chuqurlashib borayotganini namoyish etdi.

Muzokaralarda Obama uchun eng muhimi murosa va defoltni bartaraf etish edi, ammo ko’pchilik, jumladan uning tarafdorlari nazarida prezident muxolifatga ko’p yon berdi.

Jurnalist-tahlilchi Tom Defrank deydiki, respublikachilar kelasi yili Obamani g’aladan ayirishga bel bog’lagan. “Davlat qarzi yuzasidan muzokaralarda so’zini o’tkaza olgani ularni yanada ruhlantirib yubordi”.

Saylovgacha hali bir yildan oshiq vaqt bor. Ishsizlik sur’ati balandligicha qolib, iqtisodiyotda o’sish kuzatilmasa, prezident Obama uchun poygada g’alaba qozonish ancha qiyin bo’ladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG