Breaking News

Saylovlar 2012: Respublikachilarga Obamani yenga oladigan nomzod kerak


Saylovlar 2012: Respublikachilarga Obamani yenga oladigan nomzod kerak
Saylovlar 2012: Respublikachilarga Obamani yenga oladigan nomzod kerak

Byudjet va ishsizlik – Amerikani qiynayotgan mavzular. Tashqi siyosatda - Yaqin Sharq matbuot sahifalaridan tushmay keladi.

2012 yil AQSh prezidentligi uchun saylovlar haqida u qadar ko’p eshitmaysiz, ammo Oq uyni egallash uchun poyga allaqachon boshlangan.

Respublikachilar partiyasidan Barak Obama bilan bellashish uchun bir necha arboblar da’vogarlik qilmoqda.

AQShlik milliarder, prezident bo’laman deb chiqishlar qilib yurgan nyu-yorklik tadbirkor Donald Tramp kutilmaganda nomzodlikdan voz kechdi. Biroq hammani lol qoldirgan e’lon bu emas.

Mayk Xakabi
Mayk Xakabi

Arkanzas shtati sobiq gubernatori Mayk Xakabi 2012 yilgi poygada qatnashmaslikka qaror qilgan. Konservativ saylovchilar orasida unga xayrixoh odamlar ko’p edi.

Ayni paytda respublikachilar orasida nom qozongan boshqa arboblar sekin-asta maydonga chiqa boshladi – Minnesota shtati sobiq gubernatori Tim Polenti, tadbirkor Herman Keyn.

Massachusets sobiq hokimi Mitt Romni mablag’ jamg’arish bilan band va yaqin orada nomzodini e’lon qilishi kutilmoqda.

AQSh Vakillar Patalasi sobiq spikeri Nyut Gingrich ham Respublikachilar partiyasidan prezidentlikka nomzod. 67 yoshli arbobning shaxsiy hayoti tanqid ostida, uning “xotinboz” degan nomi bor. Oilaviy qadriyatlar va dinni qadrlovchi konservativ saylovchilar shu bois unga ovoz bermasligi mumkin.

Nyut Gingrich
Nyut Gingrich

Nyut Gingrich o’tmishdagi xatolarini tan olib, “mening siyosiy tajribam va bugungi faoliyatimga qarab baho bering”, deydi.

Xullas, Respublikachilardan rahbarlikka da’vogarlar asta-sekin ayon bo’layapti, lekin siyosatdonlar nazarida, amaldagi prezident – demokrat Barak Obamaga bas kela oladiganlari hali maydonga chiqmadi.

Barak Obama esa ikkinchi muddatga saylanish uchun targ’ibot ishlarini boshlab yuborgan. Ommaviy so’rov natijalariga qaraganda, Osama bin Laden yo’q qilingach, Obamaning reytingi bir oz oshgan.

Tarafdorlari oldida so’zlar ekan, “uch yil avval boshlagan ishimizni oxiriga yetkazishimiz kerak, deya sog’liqni saqlash va moliyaviy islohotlarni tilga oldi.

Saylovlar 2012: Respublikachilarga Obamani yenga oladigan nomzod kerak
Saylovlar 2012: Respublikachilarga Obamani yenga oladigan nomzod kerak

Aksar tahlilchilar nazarida, reklama va targ’ibotda, tarafdor to’plashda va eng muhimi mablag’ jamg’arishda ustasi farang rahbar bilan bellashish qiyin. Lekin Obamaga ikkinchi muddatga saylanish oson bo’ladi degani emas.

“Osama bin Ladenning o’ldirilgani 2012 yilgi saylovgacha unut bo’lib ketadi”, - deydi siyosatdon Deyvid Rotkopf.

“Saylov natijasi va Obamaning qayta saylanish imkoniyatlari Amerikadagi iqtisodiy ahvolga, ishsizlik kamayishiga bog’liq. Krizisdan chiqib olsak, odamlar unga ovoz beradi”.

XS
SM
MD
LG