Breaking News

Saylov-2012: Nomzodlar va siyosiy reklamalar


So’nggi ommaviy so’rovlar natijasiga ko’ra, prezident Barak Obama va uning respublikachi raqibi Mitt Romnining kuzgi saylovda g’alaba qilish imkoniyatlari teng. Nomzodlar so’nggi payt bir-birini qoralaydigan salbiy reklamalarga zo’r bermoqda.

Noyabr saylovlari yaqinlashgan sari nomzodlar tashviqotni kuchaytirmoqda. Havo mavjlarida siyosiy reklamalar…

Roliklardan birida Mitt Romni sarmoya firmasi rahbari bo’lgan davrda minglab ish o’rinlarini Xitoyga ko’chirgani da’vo qilinadi.

Respublikachi nomzodga ko’ra, bu gaplar uydirma.

Ko’pchilik Mitt Romnini 1990-yillardagi biznes faoliyati va soliqlari to’g’risida to’liqroq ma’lumot bermayotgani yuzasidan savolga tutmoqda.

Sobiq gubernator, o’z navbatida, e’tiborni iqtisodiyotga qaratishga urinyapti. Biladiki, Obama uchun nozik masala aynan shu.

“U sizni ish bilan ta’minlash haqida o’ylamaydi. O’z lavozimini saqlab qolish g’amida”, - deydi Mitt Romni.

Barak Obama shtatlarni kezib, saylovchilar ko’nglini ovlash bilan band.

“2008-yilda boshlagan ishlarimizni, albatta, yakuniga yetkazamiz. Orqaga qaytish yo’q. Faqat oldinga, biz yutib chiqamiz”, - deydi prezident.

Tadqiqotchi Piter Braunning aytishicha, Obama diqqatni raqibining shaxsiyati va ochiq qolayotgan savollarga qaratishni istaydi.


“Maqsad Mitt Romni kimligini amerikalik saylovchiga chaqib berish. Obamaning kampaniyasi, tabiiyki, uni iloji boricha salbiy ruhda tasvirlaydi. Romni tarafdorlari esa unga ijobiy baho berishga harakat qiladi. Bu ishni eplagan tomon yutib chiqadi”, - deydi Braun.

Amerikada iqtisod zaif ekan, Obamaning hujumga o’tishdan boshqa chorasi yo’q, deydi siyosatshunos Charli Kuk.

“Obama yutaman desa, Romnining rahbarlikka noloyiq ekanini isbotlab berishi kerak. Chunki hozirgi iqtisodiy sharoitda u ikkinchi muddatga saylanishi juda qiyin”, - deydi u.

Hozir Mitt Romni oldidagi asosiy vazifa o’ziga muovin, vitse-prezidentni tanlashdir. Bu rolga asosiy nomzodlar ogayolik senator Rob Portman va Minnesota sobiq gubernatori Tim Polenti.

Obama yoki Romni? Obama or Romney?
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:20 0:00
Yuklab oling
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG