Breaking News

Obama: Rossiya va Xitoyga kiber-xurujlarni bas qiling deganmiz


Oq uy, 16-dekabr, 2016
Oq uy, 16-dekabr, 2016

Prezident Barak Obamaning aytishicha, u Rossiya rahbari Vladimir Putinga federatsiyadan qilinayotgan kiber xurujlar yuzasidan shikoyat qilgan va bu gap ketidan hujumlar to'xtagan. Obama bu mamlakatlarning rahbarlari bilan sentabr oyida ko'rishganida bu borada gaplashgan.

16-dekabr kuni Oq uyda yillik matbuot anjumani o'tdi. Unda Obama jumladan shunday deydi:

“Oddiy faktlarni keltirib, qo'limizdagi razvedka ma'lumotlariga tayanib, Rossiya Demokratik Partiyaning internet tizimlariga hujum qilayotganini bilishimizni bu davlatga aytganmiz. Bunday xurujlarning oldini olishimiz kerak".

Video (inglizcha)

Obama on Putin and Cyberattacks, Syria
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:53 0:00

AQSh prezidentining aytishicha, kiber-xurujlar saylov oldidan xalqning jarayonga nisbatan ishonchini yemirishi tayin edi. Davlatchilik uchun bu ulkan zarar, deydi Obama.

Oq uy uchun kurashda demokrat nomzod Hillari Klinton boy berganida internet hujumlar rol o'ynaganiga ishonasizmi deb so'ralganida, Obama shunday javob berdi: "Bunga siyosiy tahlilchilar baho beradi".

Video (inglizcha)

Obama on Talking to Putin on Hacking US Election
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:11 0:00

“Kiber xurujlarni to'xtatish uchun bu haqda Putinning o'ziga aytish kerak edi. Bas qiling yoki oqibatlari bilan yuzlashasiz, deganman", - dedi Obama.

Bu muloqotdan keyin hujumlar tingani kuzatilgan. Prezident fikricha axborot vositalari bu masalaga e'tibor qaratmagani achinarli hol. Klintonning elektron pochtasi bilan bog'liq xabarlardan kiber-xurujlar muhimroq edi aslida, deydi Obama. Jurnalistlar shunday dolzarb mavzuni izchil yoritmagani zaiflik va noshudlik, dedi u muxbirlarga qarata.

"Kiber-xurujlarni to'xtatish uchun qo'ldan kelgan barcha chorani ko'rdik”, - deydi Obama.

Xo'sh, qanday choralar? Amerika ham Rossiyaga internet hujumlar qiladimi?

Iste'fodagi general Deyvid Petreus fikricha, AQSh albatta javob berishi kerak va hujum qilayotgan tomonga qanchalik zarar yetkazish strategik masala.

Video (inglizcha)

Obama on How US Will Respond to Russian Hacking
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:00:52 0:00

Iste'fodagi admiral Jeyms Vinnefeld nazarida Rossiya azaldan kiber-xurujlar qilib keladi va bu ular uchun odatiy ish. Izsiz qadam sifatida qarashadi, deydi admiral.

Klinton yutqazsin deya harakat qilishdimi yoki saylovchining saylov tizimiga ishonchini yemirishga urinishdimi, buni aniq aytish qiyin, deydi Vennefeld. Muhimi, deydi u, ular Amerika siyosiy hayotiga salbiy ta'sir qildi va maqsad ham aynan shu bo'lgani tayin.

Garvard universitetidan olim Jozef Nay deydiki, AQSh unga nisbatan kiber-xurujlarga toqat qilmasligi va bu haqda eslatib turishi kerak.

“Keskin javob berishga tayyor turishimiz kerak va dunyo ahli buni tushunishi lozim. Aks holda faqat Rossiya emas, boshqa davlatlar ham haddidan oshadi",- deydi Nay.

Ekspert Metyu Rojanski qayd etishicha, prezidentlikka shaylanayotgan Donald Tramp va uning atrofidagi odamlar kiber-xurujlarga jiddiy masala deb qaramaydi. Bu degani yaqin kelajakda internet hujumlar xavfi oshadi.

Biroq Federal Qidiruv Byurosi va boshqa agentliklar bu muammo bilan qattiq shug'ullanar ekan, Oq uy ular uzatayotgan dalillarga ko'z yuma olmaydi.

Mutaxassislar ta'biricha, Prezident Obama Rossiya va Xitoy bilan ochiq gaplashib, ularni "jazolanasiz" deya ogohlantirgani Prezident Tramp uchun kuchli signal, turtki bo'lsa ajabmas.

Putinni respublikachilarning uchdan bir qismi yoqlashi Obama fikricha fojia.

“Ronald Reygan buni bilsa qabrida tinch yotmasligi mumkin", - deya kesatdi u.

Putin va Rossiya Amerikadagi dinamikaga salbiy ta'sir o'tkaza olmasliig kerak, deya qo'shadi u.

Video (inglizcha)

Obama on US Involvement in Syria
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:01:29 0:00

Obama Suriyada fuqaro urushi yanada avj olib, vaziyat murakkablashishida Rossiya va Eron aybdor.

"Qon va shafqatsizlik... Ayb ularning bo'ynida",- deydi Obama Damashq, Moskva va Tehronga ishora qilib.

Shu kunlarda Prezident Bashar al-Assadga sodiq kuchlar Halabni isyonchilardan tozalab, shaharda o'z nazoratini o'rnatdi.

Yillik matbuot anjumanida Obama o'zining ayrim yutuqlarini ham sanab o'tdi.

Ichki masalalar

  • Ishsizlik 2009-yilda 10 foizda edi, bugun 4.6 foizda.
  • 15 million yangi ish o'rni ochildi.
  • Amerikalikarning 90 foizi tibbiy sug'urtaga ega.
  • AQSh bugun asosan o'z enegetik boyliklariga tayanmoqda. Talabni mahalliy manbalar qondirmoqda.
  • Moliyaviy sektor isloh qilindi.
  • Aksiya bozori qayta oyoqqa turdi.

Tashqi siyosat

  • 2009-yilda Iroq va Afg'onistonda 180 ming amerikalik askar bor edi. Bugun jami 15 ming qolgan.
  • 2011-yilda al-Qoida terror tizimi rahbari Osama Bin Laden o'ldirildi.
  • Eron atom dasturi cheklandi. Tehron Amerika va uning hamkorlari bilan murosaga keldi.
  • AQSh-Kuba aloqalari tiklandi.
  • Iqlimdagi salbiy o'zgarishlarga qarshi birgalikda kurashishga kelishildi va Amerika bu jarayonga yetakchi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG