To'fondan jabr ko'rganlar Obamaga: Yordamni oshiring

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama oktabr oyida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlari va jabrdiydalarga ko'rsatilayotgan yordam bilan tanishish uchun Nyu-Yorkka bordi.

Prezident Barak Obama oktabr oyida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlari va jabrdiydalarga ko'rsatilayotgan yordam bilan tanishish uchun Nyu-Yorkka bordi.

Bugun prezident Barak Obama oktabr oyida yuz bergan tabiiy ofat oqibatlari va jabrdiydalarga ko'rsatilayotgan yordam bilan tanishish uchun Nyu-Yorkka bordi.

"Sendi" deb nomlangan kuchli to'fon nafaqat Nyu-York, balki qo'shni Nyu-Jersi shtati va Atlantika okeani bo'yidagi boshqa hududlarga ham ulkan zarar keltirgan.

Ofat 120 kishini hayotdan olib ketdi, iqtisodiyotga jami 50 milliardga tushdi.

Bu - prezident Obamaning fojia joyiga ikkinchi safari. Birinchi bor u yerda bo'lganida uy-joyidan ayrilgan, elektr quvvatisiz yashayotgan, sovuqda qaltirab o'tirgan nyu-yorkliklarga katta yordam va'da qilgan, "hukumat sizning xizmatingizda",- degan edi.

Madad ko'rsatilmoqda, ammo oz, deydi jabrdiydalar. Nyu-Yorkning ayrim chekka qismlarida, ayniqsa okeanga yaqin joylarda oziq-ovqat, elektr toki va benzin yetishmayapti.

Shahar ma'muriyati talabni qondirishga harakat qilayotganini bildiradi, lekin nega shuncha kun o'tib ham butun aholining eng zarur ehtiyojlari qondirilmadi degan savolga mer Maykl Blumberg va boshqa mutasaddilarning javob berishi qiyin.

Obama deydiki, mahalliy va federal hukumat bor kuchini ishga solishi kerak.

Jamoatchilik vaziyatga sabr-toqat bilan yondashishi lozim, chunki vayronalarni tozalash, qurilishlar boshlash va tiklanish uzoq vaqt oladi, deydi prezident.

"Sendi" jabrdiydalari uchun 1,5 milliard dollar ajratilgan.

"Bu og'ir damlarda shuni unutmangki, biz siz bilan, hammamiz birgamiz. Dardingizni unutganimiz yo'q. Yordam beriladi",- deydi Obama, uni ko'rishga kelgan nyu-yorkliklarga qarata.

Ulardan biri, keksa yoshli ayol, ko'zidagi yoshini artib, shunday deydi:

"Prezidentimiz shuni bilsinki, bizga har yoqdan yordam kelmoqda. Shaharda kimlar yashamaydi deysiz. Har yurtdan kelgan odamlar bor. Ular bizga ovqat, suv olib kelayapti. Juda minnatdormiz. Prezident Obama vaqtini ayamay oldimizga kelib dardimizni tinglagani va bu yerdagi vayronalarni o'z ko'ziga bilan ko'rganidan xursandmiz".

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG