Breaking News

Kelajak ilm-fan va texnologiyada, deydi Obama


Prezident Obama kashfiyotchi o'quvchilar bilan, Oq Uy
Prezident Obama kashfiyotchi o'quvchilar bilan, Oq Uy

AQShning yosh olimlari, eng sara o’quvchilari yaqinda Oq uyda mehmon bo’lib, prezident Barak Obama bilan uchrashdi. Ilm-fan va texnologiya kabi sohalar mamlakat ertasini belgilaydi, ta'lim sohasiga sarmoyani oshirish kerak, deydi prezident.

Jo Xudi endigina 14 ga to’lgan bo’lsada, o’z biznesiga ega. Tadbirkor. Prezident huzuriga taklif etilgan yoshlardan biri. So’nggi kashfiyoti – zefir otadigan zambarak Obamaning diqqatini tortdi.

Prezident Obama o'quvchilarning ixtirolarini sinab ko'rmoqda
Prezident Obama o'quvchilarning ixtirolarini sinab ko'rmoqda
Mamlakatning turli maktablaridan o’quvchilar Oq uyda mehmon bo’lib, ixtirolarini birma-bir namoyish etishdi.

Jumladan ixcham, oson ko’chirsa bo’ladigan uycha.

Indiana shtatidan bir guruh o’smirlar uni favqulodda vaziyatlar uchun ishlab chiqqan.

"Zilzila va boshqa tabiiy ofatlar ro’y berganda boshpana vazifasini o’taydi. O’ta yengil",- deydi ular.

Prezident Obama muhandis bo'lish orzusidagi o'quvchilar bilan suhbatda
Prezident Obama muhandis bo'lish orzusidagi o'quvchilar bilan suhbatda
Odatda xalqaro olimpiadalarda mamlakat sha’nini himoya qilib, oltin medallarni qo’lga kiritgan sportchilar Oq uyda tez-tez bo’lib turadi.

"Chempion futbolchilarimiz uchun Oq uy eshiklari ochiq-ku. Nega endi yosh olimlarimiz siylovga munosib emas?"- deydi Obama.

Boshqa rivojlangan davlatlar bilan qiyoslaganda, Amerika bolalari aniq fanlar, masalan matematikada orqada.

Oq Uyda maktab o'quvchilari uchun kashfiyotlar yarmarkasi bo'lib o'tdi
Oq Uyda maktab o'quvchilari uchun kashfiyotlar yarmarkasi bo'lib o'tdi
"Kelasi 10 yilda ilm-fan, texnologiya, muhandislik va matematika sohasi bitiruvchilarini yana bir millionga oshirish kerak",- deydi Obama.

Shu maqsadda prezident yangi byudjetdan 80 million dollar ajratishni so’ramoqda. 100 ming o’qituvchi-muallimlarni tayyorlash uchun.

Xususiy tashkilot va donorlar ham matematik murabbiylarni yetishtirish dasturlariga 22 million dollar berishga tayyor.

Davlat rahbari o’quvchilarga murojaat qilib, “mamlakat kelajagi sizsiz” deydi.

"Sizga qarab ilhomlanaman. Ishonamanki, Amerikaning yorqin kunlari hali oldinda",- deydi Obama.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG