Barak Obama prezidentlikka qayta saylanish niyatida

  • Amerika Ovozi

Barak Obama prezidentlikka qayta saylanish niyatida

Barak Obama prezidentlikka qayta saylanish niyatida

AQSh prezidenti Barak Obama lavozimga qayta saylanish uchun kampaniya boshlayotganini bugun rasman e'lon qildi.

Tarafdorlariga internet orqali tarqatgan murojaatida, Obama Federal Saylov Komissiyasiga bu borada zarur hujjatlar topshirayotganini aytadi.

Ariza qabul qilingach, da'vogar moliya jamg'arish ishlarini boshlaydi. Amerikada saylov jarayoni nomzodga millionlab dollarga tushadi.

2008 yilda Barak Obama tarafdorlaridan 750 million dollar to'plab, raqiblarini dog'da qoldirgan edi. Bu safar 1 milliard dollar jamg'arish ko'zda tutilmoqda.

Barak Obama, Oq Uy

Barak Obama, Oq Uy

Uning aytishicha, Qo'shma Shtatlar iqtisodiy jihatdan hamon qiyin davrni boshdan kechirmoqda.

"Prezidentlikka kelganimdan beri erishgan yutuqlarimizni saqlab qolish kerak. Biz boshlagan islohotlarni davom ettirish kerak",- deydi Obama.

O'tgan safargi saylovda internet va uyali telefonlardan keng foydalangan prezident tarafdorlaridan uning qayta saylanishi uchun yanada innovatsion g'oyalar bilan chiqishni so'ramoqda.

Obama saylov kampaniyasining bosh idorasi ona shahri Chikagoda bo'ladi. 14 aprel kuni u yerda prezident ishtirokida katta tadbir o'tishi kutilmoqda.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG