Prezident Obama Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini tushuntiradi


Prezident Obama Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini tushuntiradi

Prezident Obama Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini tushuntiradi

Musulmon dunyosi bilan aloqalarni mustahkamlashga bel bog’lagan AQSh rahbari Barak Obama 19 may kuni dunyo ahliga murojaat qilib, Yaqin Sharq va Shimoliy Afrikadagi so’nggi o’zgarishlarga baho beradi, mintaqada boshdan kechirayotgan tarixiy voqealarga nisbatan Vashington siyosatini tushuntiradi.

Obama bundan ikki yil oldin Qohiradan turib musulmon ahliga murojaat qilganida Yaqin Sharqda siyosiy manzara tamoman boshqacha edi.

G’alayonlar nisbatan tinch kechgan Tunis va Misrda bugun yangi rahbarlar. Liviya, Suriya, Bahrayn va Yaman ko’chalarida esa yuzlab insonning qoni to’kilmoqda, ammo inqilobdan ruhlangan omma chekinish haqida o’ylayotgani yo’q.

Ommaviy so’rovlar natijasiga ko’ra, mintaqada Qo’shma Shtatlarga nisbatan kayfiyat yanada salbiylashgan.

Prezident Obama Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini tushuntiradi

Prezident Obama Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini tushuntiradi

Hokimiyatdan ketganlar zolim diktatorlar, lekin AQSh “Arab bahori” natijasida ko’p yillik ittifoqchilaridan ayrildi degan qarash keng tarqalgan.

Yaqin Sharqdagi jarayonlarni avvaliga sukunat bilan qarshilagan Barak Obama “Biz demokratiya va inson huquqlari e’zozlanishi tarafdorimiz”, deya keyinchalik AQSh pozitsiyasini tushuntirib berdi.

Prezident Obama Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini tushuntiradi

Prezident Obama Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini tushuntiradi

Lekin Vashingtonning har bir davlatga yondashuvi o’zgacha.

Deylik, AQSh bazasi joylashgan Bahrayn va terrorizmga qarshi kurashda hamkor Yamanga nisbatan tanqidlar cheklangan. Liviyaning 42 yillik rahbari Muammar Qaddafiy esa G’arb raketalari ostida xunob.

Al-Qoida terror tashkilotining tutqich bermas yo’lboshchisi Osama bin Ladenning shu oy boshida o’ldirilishi G’arbu-sharqda aks-sado berdi.

Obama Pokistonda o’tkazilgan maxfiy operatsiya natijasini e’lon qilar ekan, “endi u hech qachon AQShga tahdid solmaydi”, deb ta’kidladi.

Mintaqada bin Ladenning tarafdorlari ko’p emas, ammo reyd Pokiston territoriyasida ruxsatsiz olib borilgani xunuk ish bo’ldi, deydi tahlilchilar.

Prezident Obama Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini tushuntiradi

Prezident Obama Yaqin Sharqqa nisbatan siyosatini tushuntiradi

Chunki “AQSh musulmon o’lkalarida istaganini qiladi” degan ma’no kelib chiqadi bundan. Ishonch va o’zaro hurmat qozonish uchun esa bunday harakatlardan voz kechish lozim.

Prezidentligining ilk oylarida Obama musulmon dunyosi bilan murosa izlab, Qohiraga borgan edi. Ijobiy baholangan bu qadam amalda isbotini topmadi, deydi tanqidchilar.

Bugungi murojaatida u yana qanday va’dalar berarkin?

Misrdagi Amerika Universiteti professori Said Sodiqning Oq uyga maslahati quyidagicha:

“Birinchisi, yordamni oshiring. Nafaqat moliyaviy yordam, balki fuqaro jamiyatini rivojlantirish, boshqaruv, ta’limiy dasturlar, stipendiyalarni ko’paytirish kerak. Ya’ni jamiyatlar demokratiyaga qadam qo’yishi uchun zarur sharoit yaratish uchun Amerikadan madad kerak”, - deydi olim.

Arab-Isroil ixtilofini hal qilishda ham Vashingtondan jadalroq harakat kutiladi. Tinchlik ham Isroilga, ham Falastinga kerak.

“Mojaro davom etayotgani AQShni ikkiyuzlamachi siyosatda ayblayotgan guruhlar uchun zo’r bahona”, - deya tushuntiradi Said Sodiq.

Musulmon ahli, deydi u, AQSh rahbaridan konkret qarorlar va ularning amaliy ijrosini kutmoqda.

AQSh prezidenti Barak Obamaning nutqi:

XS
SM
MD
LG