Obama: Terrorga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib bordik

  • Amerika Ovozi

AQSh Prezidenti Barak Obama

AQSh Prezidenti Barak Obama xalqqa jonli murojaat qilib, terrorga qarshi olib borilgan kurash, mamlakat xavfsizligi hamda global tahdidlar haqida so'nggi bor hisobot berdi.

"11-sentabr kuni bizga hujum qilgan "Al-Qoida"dan bugun faqat soya qoldi, - dedi Obama. - Afg'oniston va Pokistonda rejalangan ko'plab xurujlarning oldi oldindi, qator terror yetakchilari qo'lga olindi, o'ldirildi. Usama bin Laden yo'q qilindi".

Obamaning bu gaplari olqishlar bilan qarshi olindi. Amerika rahbarining eng oliy vazifasi xalqini xavfsiz saqlashdir, dedi Obama. Ikki muddatli prezidentligim davrida shu vazifani sidqi dildan bajardim, dedi u.

Obama Afg'onistonda "Al-Qoida"ga qarshi olib borilgan kurashga alohida to'xtaldi.

"Ayni paytda Afg'onistonda 10 mingdan kamroq amerikalik askar bor. Ular 300 mingdan ortiq milliy armiyaga maslahatchilik qilyapti", - dedi u.

Ammo terror va zo'ravonlik dunyoning boshqa hududlarida bo'y ko'rsatdi, deb Obama Yaqin Sharqda paydo bo'lgan "Islomiy davlat" jangari guruhiga ishora qildi.

Unng aytishicha, AQSh rahbarligida olib borilgan xalqaro koalitsiya amaliyotlari natijasida "Islomiy davlat" terrorchi guruhining yo'li to'sildi.

"IShID hududlarining yarmini boy berdi, yirik shaharlardan chekindi. Ruhlari tushkun holatda. Xalqaro koalitsiya bilan birgalikda biz IShIDga qarshi muvaffaqiytali kurash olib bormoqdadiz", - dedi AQSh rahbari.

Ayni paytda Iroqda jangarilarning so'nggi yirik shahri Musulni qayta egallash amaliyoti ketmoqda. Suriyada ham terrorchi guruhga qarshi kurash olib borilmoqda.

Obamaning aytishicha, "Islomiy davlat"ga qarshi kurash ikki yil ichida 10 milliard dollarga tushgan. Iroq urushi davrida buncha mablag' bir oyda sarflangan.

AQSh nafaqat Yaqin Sharqda, baki Osiyoning boshqa hududlari, xususan, Afrikada ham terrorchi guruhlarga qarshi olib borilayotgan amaliyotlarda ishtirok etmoqda.

Terror xurujlariga yuz tutgan Yevropa o'lkalari bilan hamkorlikda ishlab, IShIDning moliyaviy manbalari kesildi; musulmonlar bilan birga jtimoiy tarmoqlarda terrorchi guruhning propagandasi ikki barobar kamaytirildi, dedi AQSh rahbari.

Obama AQShni terror xurujlaridan himoya qilish rejasi muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganini ta'kidladi.

"Hech bir xorijiy terror guruhi vatanimizda terror xurujini amalga oshirishni uddalay olgani yo'q", - dedi u.

Bunga sizlarning xizmatingiz bilan, diplomatlarimiz, askarlarimiz, huquq-tartibot organlari xodimlari va boshqa fuqarolarimiz jasorati va mehnatlari bilan erishdik, dedi Obama.

Prezident dunyo tinchligiga tahdid solayotgan boshqa muammolarga ham to'xtalib o'tdi.

"Zo'ravon esktremizm davom etmoqda. Uzoq muddatli korrupsiya, noqobil boshqaruv, mazhablararo ziddiyat, iqlim isishi kabi muammolar halokatli xavflardir", - dedi Obama.

Prezidentning aytishicha, texnologiyaning bugungi taraqqiyoti zo'ravon g'oyalarni butunlay yo'q qilishni deyarli imkonsiz holatga keltirib qo'ygan. Xavf saqlanib qoladi, dedi u, ammo terrorchilar maqsadlariga erisha olmaydi. Ular kazzoblar va kallakesarlardir hamda ularga ana shunday tarzda munosabatda bo'lish kerak, dedi Obama.

President-elect Donald Trump said during the campaign season that Obama and former Democratic presidential candidate Hillary Clinton were "co-founders" of IS, by accusing them of allowing the initial spread of the terrorist group.

Obama will defend his counterterrorism record during a period of widespread unrest in the Middle East, with the intent of keeping the broad framework of his policies intact after he leaves office in January.

Bu Barak Obamaning xavfsizlik va terrorga qarshi kurash bo'yicha bergan so'nggi yirik nutqidir. 2017-yil 20-yanvar kuni Oq uyga yangi rahbar - respublikachi millarder Donald Tramp keladi.

Tramp saylov kampaniyasi davrida Obama va demokrat raqibi Hillari Klintonni "IShID"ni yaratganlikda va terror xurujlarining ko'payishiga hissa qo'shganlikda ayblagan edi.

Obama bu da'volarni rad etib, prezidentligi davrida terrorchi guruhga qarshi murosasiz kurash olib borganini aytadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG