Prezident Obama 2012-yilda qancha soliq to'ladi?

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama va rafiqasi Mishel

Prezident Barak Obama va rafiqasi Mishel

Prezident Barak Obamaning 2012-yil uchun soliq deklaratsiyasi e’lon qilindi. Deklaratsiyaga ko’ra, prezident va uning turmush o’rtog’i 608 611 dollardan ko’p pul ishlagan. Shundan 260 ming dollari Barak Obamaning ikki kitobi uchun qalam haqqi.

Bu oldingi yillarga qaraganda kam. 2011-yilda Obamalarning daromadi 789 674 dollar edi.

Amerikaning birinchi oilasi 112 ming dollar soliq to’lagan, ya'ni 18,4%. Daromadlarining choragi xayriyaga sarflangani uchun soliq kamroq chiqqan. 150 034 dollar 33 ta xayriya tashkilotiga berilgan.

Vitse-prezident Jo Bayden va rafiqasi esa 2012-yilda 385 072 dollar ishlab, 87 851 dollar soliq to'lagan.

AQSh prezidenti yiliga 400 ming dollar maosh oladi. Byudjet sarfiyatlari qisqarar ekan, Obama har oyligidan 5% ni byudjetga qaytarishini ma'lum qildi.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG