Breaking News

AQSh hukumati transgender yoshlarni himoya qilmoqda


Transgender hojatxonalar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:03:51 0:00

Transgender hojatxonalar

Jinsini o’zgartirgan (transgender) o’quvchilar yangi jinsiga mos hojatxonalardan foydalanishi mumkin. Obama ma’muriyati mamlakatdagi barcha davlat maktablariga shunday ko’rsatma berdi.

Adliya va Ta’lim vazirlari tomonidan imzolangan maktubda maktablar direktorlariga o’quvchilar jinsiga qarab ta’qib qilinmasligi kerak, deyiladi.

"Maktablarda hech qanday diksriminatsiyaga o’rin yo’q, shu jumladan, jins va jinsni o’zgartirish asosida ham”, - deyiladi Bosh prokuror Loretta Linch payshanba kuni tarqatgan bayonotda.

“Bu ko’rsatma maktab rahbariyati, o’qituvchilar va ota-onalarga jinsini o’zgartirgan bolalarni tengdoshlardan himoya qilish hamda maktablardagi adolatsiz amaliyotlarga chek qo’yishni maqsad qiladi”, - dedi Linch.

Ko’rsatma qonun kuchiga ega emas, ammo uni bajarmagan maktablarga federal byudjetdan mablag’ kesilishi mumkin.

Ko’rsatma

Maktablar rahbariyati bundan buyon jinsini o’zgartirgan o’quvchilarni tibbiy ko’rikdan o’tishga, jinsini isbotlash uchun tug’ilganlik haqida guvohnoma ko’rsatishga majburlay olmaydi.

Bundan oldin Obama ma’muriyati Shimoliy Karolina shtatini hojatxona haqidagi yangi qonun diskriminatsiyaga qarshi federal qonunlarga zid, deb sudga bergan edi.

Shimoliy Karolina qonunchilari mart oyida jinsini o’zgartirgan odamlar tug’ilganida qanday jinsga mansub bo’lgan bo’lsa, shunga mos hojatxonadan foydalanishi kerakligi haqida qonun qabul qilgan edi. Bunday qonun boshqa hech bir shtatda yo’q.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG