Obama: Tunis - Sharqiy Afrikada demokratiya namunasi

  • Amerika Ovozi

Prezident Barak Obama Oq uyda Tunis Prezidenti Beji Kaid Essebsi bilan uchrashmoqda, Vashington, 21-may, 2015-yil

Prezident Barak Obama Oq uyda Tunis Prezidenti Beji Kaid Essebsi bilan uchrashmoqda, Vashington, 21-may, 2015-yil

AQSh Prezidenti Barak Obama bugun Oq uyda Tunis rahbari Beji Kaid Essebsi bilan uchrashib, Vashingtonning bu mamlakatdagi demokratik o'zgarishlarni qo'llab-quvvatlashi haqida gaplashdi. Essebsi dekabr oyidagi Tunisning 60 yillik tarixidagi ilk demokratik saylovlarda prezidentlikka kelgan.

AQShning Tunisga harbiy va iqtisodiy yordami haqida ham gap ketgan. Ayni damda bu mamlakatda ishsizlik o'smoqda, mintaqaviy barqarorlikka tahdid mavjud.

Obama Tunisga AQShning NATOga a'zo bo'lmagan muhim ittifoqchisi maqomini berdi. Ayni damda 16 mamlakat shunday maqomga ega.

Tunisning uzoq yillik Prezidenti Zaynobiddin bin Ali 2011-yil namoyishlari natijasida haydalgan edi. O'shandan beri bir necha saylovlar o'tkazildi, dunyoviy va islomiy kuchlar nisbiy barqarorlikni saqlab qolishga muvaffaq bo'ldi.

"Vashington Post" ikki davlat prezidentining maqolasini chop etgan. Unda aytilishicha, Tunis misolida Shimoliy Afrika va Yaqin Sharqda demokratiya barpo etish nafaqat mumkinligini, balki muhimligini ko'rish mumkin.

"Bugungi hukumatda dunyoviy tuzum tarafdorlari ham, islomiy kuchlar ham birga ishlamoqda. Demokratiya va islom birga rivojlanishi mumkinligining isboti bu", - deyiladi maqolada.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG