Breaking News

Prezident Obama BMT Bosh Assambleyasi sessiyasida ma'ruza qildi


A Rohingya Muslim woman Hanida Begum, who crossed over from Myanmar into Bangladesh, kisses her infant son Abdul Masood who died when the boat they were traveling was capsized just before reaching the shore of the Bay of Bengal, in Shah Porir Dwip, Bangladesh.
A Rohingya Muslim woman Hanida Begum, who crossed over from Myanmar into Bangladesh, kisses her infant son Abdul Masood who died when the boat they were traveling was capsized just before reaching the shore of the Bay of Bengal, in Shah Porir Dwip, Bangladesh.

Bugun Prezident Obama BMT Bosh Assambleyasining 70-yillik sessiyasida so'zga chiqdi.

U mamlakatlarni urush va mojarolarning oldini olib, dunyo bo'ylab munozaralarni diplomatik yo'l bilan hal qilishga chaqirdi.

"Agar biz hamkorlik qila olmasak, oqibati hamma uchun birday yomon bo'ladi. Hamkorlik qilganda esa har qachongidan kuchlimiz", - dedi Obama.

Obama Yaqin Sharqda "Islomiy davlat" jangari guruhiga qarshi harbiy kampaniyani himoya qildi.

"Bu guruhga mintaqada qo'nim bo'lmaydi", - dedi u.

AQSh rahbari Rossiyani bir yil oldin Qrimni o'ziga qo'shib olganlikda va Ukraina sharqida bo'lginchilarni qo'llab-quvvatlaganlikda tanqid qildi. Unga ko'ra, G'arbning Rossiyaga nisbatan iqtisodiy sanksiyalari majburiy chora bo'ldi, chunki Qrimning tortib olinishini indamay qarab turish to'g'ri bo'lmasdi.

"Suriyada to'rt yillik urushni tugatish oson emas, ammo diplomatiyani ishga solib, suriyaliklarning tinchlikda yashashi uchun kelishuvga erishish kerak".

Obama Prezident Bashar Assadni o'z xalqini qirayotganlikda ayblab, urushdan keyingi Suriya hukumatida Assadga joy yo'q, dedi.

"Haqiqiy demokratiya mavjud mamlakatlarda Suriyadagi kabi fojialar ro'y bermaydi", - dedi u.

Obama ma'muriyati shu kungacha Suriya kelajagi Prezident Bashar Assadsiz muhokama etilishi kerak deb kelgan. Biroq Suriyada so'nggi kunlarda tashabbusni qo'lga olayotgan Rossiya bunga qarshi.

Prezident Putinning aytishicha, Iroq va Liviyada qonuniy rahbarlarning tashqi aralashuv oqibatida hokimiyatdan olinishi markaziy hukumatlarning qulashiga va tartibsizliklarga yetakladi. G'arb Suriyada ham shu yo'ldan bormoqchi, dedi Putin.

Bugun Putin va Obama ikki yarim yillik tanaffusdan so'ng yuzma yuz uchrashib, Suriya masalasini muhokama qiladi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG