Amerikaliklar: Saylov oldidan iqtisod birlamchi masala

  • Amerika Ovozi

Obama va Romni

Obama va Romni

Barak Obama va uning bo’lajak saylovlardagi respublikachi raqibi Mitt Romni iqtisodiy krizisni qanday hal etish borasida turlicha fikrda. Shtatlarni birma-bir kezib, ular o’z dasturlarini ommaga tushuntirmoqda.


AQSh iqtisodiyoti hamon og’ir bir ahvolda. Yaqindan boshlab ishsizlarga kompensatsiya ham to’lanmay qo’yildi. Amerikaliklar aynan iqtisodiy sharoitga qarab ovoz berishini aytadi.

Prezident Obama tanazzul haqida Ogayo shtatining Klivlend shahrida so’zlagani bejiz emas. Noyabrda o’tadigan saylovlarda kim g’alaba qilishini hal qiladigan shtatlardan biri shu.

Obamaning ta’kidlashicha, Oq uy demokratlar qo’lida ekan, mavjud muammolarga albatta yechim topiladi.

“Respublikachilar g’alabasi - kelajakni xavf ostiga qo’yish degani. O’tmish xatolarini takrorlamaylik”, - deydi u.

Serverda xato

Oops, as you can see, this is not what we wanted to show you! This URL has been sent to our support web team to the can look into it immediately. Our apologies.

Please use Search above to see if you can find it elsewhere


Ogayoning boshqa bir burchagida prezidentlikka respublikachi nomzod Mitt Romni o’z tarafdorlari bilan uchrashib, ishsizlik va davlat qarzi oshib borayotgani haqida so’zladi.

“Mamlakatni jar yoqasiga olib kelgan shu prezident emasmi? Obamaning rejasi bo’yicha ketadigan bo’lsak, Gretsiyaning kuni boshimizga tushadi. Byudjet va qarz masalasini mana menga qo’yib bering”.

Andre Genri Kaliforniyadan. Mashinasida yashab, kun ko’radi. Siyosatdan to’yib ketgan.

“Ikki yildan beri ish qidiraman. Charchab ketdim”, - deydi u.

Genri qo’shnilariga ko’maklashib, pul topadi.

“Yiqilib tushib, qayta oyoqqa tura olmagan odamga o’xshataman o’zimni. Kommunal to’lovlarga pulim yo’q. Har kuni yugur-yugur. Kvartiramni olib qo’yishdi, mashinaga ko’chib o’tdim. Karmonda bir tiyin yo’q”.

Siyosatshunos Jon Fortier deydiki, iqtisod eng dolzarb masala. Hozirgi ahvolda ko’pchilik prezidentni ayblaydi.

“Amerikaliklarning yarmi Barak Obamadan norozi. Hozir reytingi 47 foiz atrofida. Noyabrgacha shunday davom etsa, saylovni yutqazishi hech gapmas. Nomzodlar orasida imkoniyat bir xil”, - deydi tahlilchi.

Kelasi besh oy mobaynida Obama va Romni mamlakat kezib, saylovchilarni o’ziga ergashtirishga harakat qiladi. Ayni paytda Amerikada ishsizlik sur’ati 8 foizdan yuqori.

“Siyosatchilar gap sotishga usta. So’zining ustidan chiqqanini hali ko’rmadim. Sizga hamdardmiz degandan ko’ra konkret chora ko’rsin. Prezidentning ishi shu axir. Xalqning g’amini yeyish”, - deydi ishsiz yurgan Andre Genri.

Unga o’xshab bir amallab kunini ko’rayotganlar ming-ming.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG