Breaking News

Oklaxomada to'fonlar besh kishini o'ldirgan


AQShning Oklaxoma shtati mavsumiy to’fonlar ostida. 10 kun oldin 24 kishini hayotdan olib ketgan ofat yana qaytib kelib besh kishini o’ldirgan.

"Amerika Ovozi" xabarlari, 1-iyun, 2013
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:08:17 0:00
Yuklab oling

Yuzlab aholi jon saqlash uchun boshqa joylarga ko’chgan. Ko’chalar yopilib qolgan, jamoat maskanlari, uylar xonavayron.

Qattiq yog’ingarchilik kuzatilmoqda. Butun shtat to’fon qaytishi mumkin degan ogohlantirish ostida yashamoqda.

Missuri shtatining Seynt-Luis shahri ham bunday tabiiy ofat bilan yuzlashishi mumkin deyilgan edi. So’nggi xabarlarga ko’ra, vaziyat ancha normallashgan.

Amerikaning tekisliklardan iborat markaziy shtatlari har bahor to'fon va bo'ronli kunlar bilan yuzlashadi.

Ba'zida ona tabiat dunyoning bu qismlariga shafqat qiladi, ayrim hollarda esa kattayu-kichik shaharlarni yakson qiladi.

Federal hukumat Oklaxomani fojia maydoni deb atab, uni qayta tiklash uchun zarur mablag' ajratmoqda va yordamni ayamasligini qayd etmoqda.

Lekin mahalliy aholi ofatdan tiklanish uchun faqat pulning o'zi yetmasligini biladi. Sabr-qanoat va hayotni qaytadan boshlashni talab qiladi bu, deydi oklaxomaliklar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG