Breaking News

Sochi Olimpiadasi sog'lom turmush tarzini targ'ib qilmoqda


Sochidagi Qishki Olimpiya o'yinlari tashkilotchilari xalqaro musobaqa Rossiyada sog’lom turmush tarzini targ’ib etishda qo’l kelishini aytmoqda. Mamlakatda har yili 400 ming odam chekish bilan bog’liq xastaliklar qurboni bo’ladi. Spirtli ichimliklar iste’moli ham katta muammoga aylangan.

Olimpiada va sog'liq, Behzod Muhammadiy
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:25 0:00
Yuklab oling

Sochi o’zini sog’lom hayot tarziga ega shahar sifatida ko’rsatishga urinmoqda. 2010-yilda chekishga qarshi qonun qabul qilingan. Ammo bu borada qilinadigan ishlar hali ko’p.
Rossiyada erkaklarning 60 foizi, ayollarning esa 25 foizi sigareta chekadi. Tadqiqotlarga ko’ra, har sakkizta o’lim holatining bittasi spirtli ichimliklar iste’moli bilan bog’liq.

Olimpiada ko’ngillisi hamda sobiq kashanda Andrey Prokopyev shu muammolarga qarshi kurashga bel bog’lagan. U Sochida “Sog’liq Ekspo” nomli kichik klinika ochilishiga hissa qo’shdi.

“Rossiyada turli muammolar bor. Ayrimlari butun dunyoda mavjud umumiy kasalliklar. Lekin muammolarning aksariyati chekish, ichish hamda boshqa mubtalolikka olib boruvchi ishlar bilan bog’iq”, - deydi u.

Mutaxassislar odamning biologik yoshini aniqlashda qon bosimi, qo’lning kuchi kabi ko’rsatkichlarni qo’llaydi.

Galinaning biologik yoshi 69 da, vaholanki asl yoshi 62 da.

“Bio-yoshim haqiqiy yoshimdan baland ekanligidan xafaman. Lekin ular menga qanday sog’lom yashash bo’yicha yaxshi maslahatlar berishdi”, - deydi Galina.

Ko’plab odamlar Sochida bo’lib o’tayotgan qishki Olimpiadadan ilhom olib, Rossiya qahramonlari kabi sog’lom hayot kechirish niyatida ekanliklarini aytmoqda.

“Olimpiya o’yinlari menga rosa yoqyapti. Endi sog’lomroq bo’lishga intilaman. Chunki men ham mana shu sportchilarga o’xshashni istayman”, - deydi Konstantin ismli yigit.

Ayrim maxsus joylardan tashqari, Olimpiya parki ichida chekish man etilgan. Iyun oyidan boshlab butun Rossiyada bar, restoran va do’konlarda chekishni taqiqlovchi qonun kuchga kiradi. Ichkilikbozlikni kamaytirish uchun aroq narxlari ham oshirildi.

Andrey Prokopyev bu choralarning ijobiy natija berishiga umid qilmoqda.

“Olimpiada ko’plab odamlarga hayotni yangidan boshlash imkonini berdi. Chekishni tashlab, sog’liq haqida o’ylash kerak”, - deydi u.

Ijobiy natijalarning ro’yobga chiqishi uzoq vaqt olishi mumkin. Ammo qishki o’yinlar ko’plab rossiyaliklarni sog’lom hayot kechirishga undashi aniq, deydi ko’ngillilar.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG