Breaking News

Olimpiada-2016. O'zbekiston bronza medalini qo'lga kiritdi


60 kilogramgacha vazn toifasida medallarni qo'lga kiritgan dzyudochilar. O'zbekistonlik Diyorbek O'rozboyevda (o'ngda) bronza
60 kilogramgacha vazn toifasida medallarni qo'lga kiritgan dzyudochilar. O'zbekistonlik Diyorbek O'rozboyevda (o'ngda) bronza

Rio-de-Janeyroda Yozgi Olimpiya o'yinlarining ikkinchi kuni. Suzish bo'yicha 18 karra Olimpiya chempioni, AQSh terma jamoasining Olimpiada ochilishidagi bayroqdori Maykl Felps navbatdagi medallarni qo'lga kiritishga hozirlanmoqda. U 4x100 metrli erkin uslubdagi estafetada qatnashadi. 2012-yil Olimpiadasida bu uslubda fransiyalik sportchi oltinni qo'lga kiritgan edi.

Felps, shuningdek, 100 va 200 metrga batterflyay uslibda, 200 metrga individual ravishda musobaqalashishi ham kutilmoqda.

AQShning suzish bo'yicha ayollar terma jamoasi 4x100 metrli erkin uslubdagi estafetada ilk medalni qo'lga kiritdi. 19 yoshli Keyti Ledeki uch medal uchun kurashadi. U 400 metrga erkin uslubda suzish bo'yicha jahon rekordchisi.

Musobaqalarning ikkinchi kunida amerikalik qilichbozlar, dzyudochilar, velosipdechi ayollar va gimnastikachilar ilk bor bellashadi.

Olimpiadaning birinchi oldin medalini 19 yashar amerikalik Jinni Trasher qo'lga kiritdi. U 10 metrdan pnevmatik miltiqdan otish bo'yicha xitoylik raqiblaridan ustun keldi.

Rioda yangi jahon rekordlari o'rnatilmoqda. Avstraliyalik sportchilar 4x100 metrga erkin uslubda suzishda vatandoshlarining ikki yil oldingi rekordini yangiladi. 400 metrga individual suzishda esa vengriyalik sportchi rekord qo'yib, amerikalik Maya Diradoni ikkinchi o'rinda qoldirdi.

AQSh tennis yulduzi, to'rt karra Olimpiya chempioni Venus Uilyams birinchi davradayoq kutilmaganda belgiyalik Kristen Flipkensga yutqazib qo'ydi.

Gandbol bo'yicha ayollar musobaqasida mezbon Braziliya Olimpiya chempioni Norvegiya jamoasini 31-28 hisobda dog'da qoldirdi. Futbolda esa AQSh ayollar terma jamoasi 1-0 hisobda fransiyalik qizlardan ustun keldi.

Amerika erkak basketbolchilari Xitoyni 119-62 hisobda tor-mor etdi.

Oltin medallar hisobi bo'yicha oldinda hozircha Avstraliya va Vengriya jamoalari - ikkitadan oltin. Eng ko'p medallarni esa shu daqiqaga qadar AQSh, Yaponiya va Xitoy to'plagan - beshtadan.

O'zbekiston hisobida bitta bronza bor. 60 kilogramgacha vazn toifasida Diyorbek O'rozboyev chorak finalda qozog'istonlik Eldos Smetovga yutqazib qo'ydi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG