Yerda bir kun…

  • Amerika Ovozi

22-aprel insoniyat Yer kunini nishonlaydi

22-aprel insoniyat Yer kunini nishonlaydi

“Yerda bir kun” … dunyoning har bir mamlakatida bir kun ichida ro’y bergan voqealarni tasvirlovchi hujjatli filmdir. Uning premyerasi 170 davlatda, jumladan O’zbekistonda, Yoshlar ijodi saroyida bo’lib o’tadi. Kirish bepul.

2008-yilda boshlangan loyiha – insoniyat hayoti va kechinmalaridan bir lahza. Yerning qay bir nuqtasida bo’lmaylik, bir-birimizga yaqinmiz, bog’langanmiz, degan g’oyani olg’a suradi.

Film 15 ming kishi o’z mamlakatidan, o’z mahallasidan yuborgan jami 3 ming soatlik video tasvirlar asosida yaratilgan. Eslatib o’tamiz, asar premyerasi dushanba kuni Toshkentda, Yoshlar ijodi saroyida bo’lib o’tadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG