Breaking News

Afg’onistonda ishlangan kartina Oskarga da’vogar


Uloqchi bolalar haqida film
Uloqchi bolalar haqida film
Gollivudda bu yili Oskar mukofotiga ko’rsatilgan qisqa metrajli filmlardan biri Afg’onistonda ishlangan – “Ko’pkari bolalar” (Buzkashi Boys) kartinasi. Filmda Markaziy va janubiy Osiyo mamlakatlarida uyushtiriladigan qadimiy musobaqalardan biri – ko’pkari, uloq tasvirlanadi.
Oskarga da'vogar afg'on filmi/Shohruh Hamro
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:33 0:00
Yuklab oling

Kobulda suratga olingan kartina qahramonlari – mashhur chavandoz bo’lishni orzu qilgan ikki bolakay.

Yarim soatli film G’arb va afg’on ijodkorlarining qo’shma loyihasi bo’lib, unga Sem French rejissyorlik qildi. French 2008-yildan beri Afg’onistonda yashaydi.

"Hamma zarur vositalar va kinooperatorlarni G’arbdan olib keldik. Aktyorlar esa Afg’onistondan",- deydi u.

Film suratga olinayotganda ikki bosh qahramon 12 yoshda edi. Javonmard Paiz avval ham rollarda chiqqan, uning otasi Afg’onistonda mashhur artist. Favod Muhammadiy esa ilk bor sahnada. U Kobulning Tovuq mahallasidan.

"Kobul ko’chalaridan yursangiz, xarita yoki saqich sotayotgan bir to’da bolakaylarga ko’zingiz tushadi. Sizga soqchi bo’lishni ham taklif etishadi. Favod ham shulardan biri edi, lekin boshqalardan ajralib turardi. O’ta samimiy, mehribon, ko’ngli sof oddiy bir bola",- deydi French.

Filmda ular ko’cha bezori va temirchining o’g’lini o’ynaydi. Hayotning ayoz-u jaziramasi orzular yo’lini to’sadi. Bolakaylar syomka paytida do’stlashib, rollarini mahorat bilan ijro etishdi.

Sem French bu loyihaga afg’on-kanadalik prodyuser Ariel Nasrni ham jalb qildi. Kaliforniyalik yana bir ijodkor Martin Dezmond ssenariyni yozishda ko’maklashdi.

"Afg’oniston madaniyatining nozik jihatlari haqida ro’yirost yozdik",- deydi u.

Mualliflar mazkur proyekt Afg’onistonda film sanoatini jonlantiradi degan umidda.

Afg’onistonlik ikki yosh aktyor Gollivudda qizil gilamda yurishini kim o’ylabdi deysiz. Favod Muhammadiy Silvester Stallone bilan uchrashishni bir umr orzu qilgan.

"Ko'pkari bolalar" afg'on filmi/Buzkashi boys Afganistan Oscar
Iltimos, kuting...

No media source currently available

0:00 0:02:24 0:00


Kartina treyleri:

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG