Gollivudda "Oskar" sohiblari aniqlandi

  • Amerika Ovozi

Gollivudda "Oskar" sohiblari aniqlandi

Gollivudda "Oskar" sohiblari aniqlandi

Kecha Gollivudda yilning eng yaxshi badiiy filmlari va san'atkorlari taqdirlandi. "Oskar" sovrini ovozsiz va oq qora "Artist" kartinasiga nasib etdi. Bu 1929-yildan beri "Oskar"ni qo'lga kiritgan ilk ovozsiz kinokartina bo'ldi.

Fransuz filmi ijodkorlari yana to'rt nominatsiya bo'yicha oliy sovrinni qo'lga kiritdi. "Artist" kartinasi rejissyori Mishel Xazanavichus va bosh rol ijrochisi Jan Dyujarden sovrindorlar jumlasidan. Film kostyumlar dizayni va eng yaxshi musiqa uchun ham "Oskar" oldi.

Yilning eng yaxshi aktrisasi unvoni esa Britaniya sobiq bosh vazirasi Margaret Tetcher haqidagi "Temir Xonim" filmida bosh rolni ijro etgan taniqli aktrisa Meril Stripga nasib etdi - 62 yoshli san'atkorning jami uchinchi "Oskar"i.

Eng yaxshi xorijiy film deb esa eronlik rejissyor Asqar Farhodiyning "Ajrim" kartinasi topildi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG