Internetda ayol muxbirlar tez-tez nishonga olinadi

  • Amerika Ovozi

Tadqiqotlarning aniqlashicha, "Twitter" tarmog'ida erkak hamkasblarga qaraganda muxbir xotin-qizlar uch bora ko'proq do'q-po'pisa va haqoratlar bilan yuzlashadi.

Tadqiqotlarning aniqlashicha, "Twitter" tarmog'ida erkak hamkasblarga qaraganda muxbir xotin-qizlar uch bora ko'proq do'q-po'pisa va haqoratlar bilan yuzlashadi.

Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti internetda ayol jurnalistlarga tahdidlar va do'q-po'pisalarni bas qilishga da'vat etayapti.

Tashkilotning matbuot erkinligi bo'yicha vakilasi Dunya Miyatovich Venada so'zlar ekan, bunday tahqirlashlar aksariyat hollarda maqola mazmuniga qaratilmaydi, deydi. Balki ayol muxbirlarlarning shaxsiyati, qadrini yerga urishni ko'zlaydi.

Nishonga olinayotgan muxbir xotin-qizlar asosan jinoyat, siyosat, nozik ijtimoiy muammolar, jumladan, jamiyatdagi eski-qoloq qarashlarni qalamga oladi, yoritadi.

Miyatovich Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotiga a'zo davlatlarga qator tavsiyalarni havola qildi. Huquq-tartibot idoralari ishini yaxshilash, matbuot faoliyati uchun erkin, sog'lom muhit yaratish shular jumlasidan.

Jurnalistlar xavfsizligi erkin matbuotning poydevoridir, deydi u.

Izlanishlarga qaraganda, ayol jurnalistlarni tahqirlash hollarining 25 foizi global tarmoqqa to'g'ri keladi.

Bu tadqiqotning aniqlashicha, "Twitter" tarmog'ida erkak hamkasblarga qaraganda muxbir xotin-qizlar uch bora ko'proq do'q-po'pisa va haqoratlar bilan yuzlashadi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG