YXHT a'zo davlatlarga: Huquq tashkilotlarlari mustaqil bo'lsin


YXHT a'zo davlatlarga: Huquq tashkilotlarlari mustaqil bo'lsin

YXHT a'zo davlatlarga: Huquq tashkilotlarlari mustaqil bo'lsin

Bugun Litva poytaxti Vilnyusda bu mamlakat raislik qilayotgan Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti ikki kunlik anjuman boshladi.

Organ a'zo davlatlarni inson huquqlari va fuqaro erkinliklarini e'zozlashga chaqirmoqda.

Yig'inda 100 dan ortiq faollar, rasmiylar va qonunchilar ishtirok etmoqda.

Litva hukumati nazarida hech bir jamiyat huquq bilan bog'liq murakkab muammolarni bir o'zi hal eta olmaydi. Davlatlar bir-biridan o'rganishga, tajriba almashishga majbur va eng muhimi, vaziyatni yaxshilash lozimligini tan olishi kerak.

YXHT a'zo davlatlarga: Huquq tashkilotlarlari mustaqil bo'lsin

YXHT a'zo davlatlarga: Huquq tashkilotlarlari mustaqil bo'lsin

Hukumat va huquq himoyasi bilan mashg'ul tashkilotlar hamkorlik qilishi zarur, deyiladi bugun chiqqan bayonotda.

Litva bu yil Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti raisi sifatida har bir a'zo davlatdagi huquq idoralarini mustahkamlashga e'tibor qaratmoqda.

Organning bu masalalar bo'yicha bosh diplomati Yanish Lenarchich deydiki, huquq institutlari hukumatga o'z majburiyatlarini eslatib turishi, ular qanday ado etilayotganini kuzatib borishi kerak.

Yanish Lenarchich

Yanish Lenarchich

“Bu bilan huquq muassasalari hukumatlarni faqat tanqid qilsin deyayotganimiz yo'q, aksincha ular hukumat bilan ishlashi, uni faolroq bo'lishga undashi zarur",- deydi Lenarchich.

"Bu idoralar rahbariyat va fuqaro jamiyatini bir-biri bilan bog'lab turishi kerak", - deydi u.

Huquq muassasalari bo'yicha xalqaro qo'mita raisi Rosslinn Nunanning qayd etishicha, hukumatlar erkinlik himoyasi bilan shug'ullanadigan mustaqil idoralarga yo'l ochishi kerak. Rahbarlar huquqni hurmat qilishini amalda isbotlasin, deydi u.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotiga 56 davlat a'zo, shu jumladan, Markaziy Osiyodagi besh respublika. Milliy huquq markazlari bu davlatlarda mustaqil emas, balki amaldagi siyosatni qo'llab-quvvatlab keladi.

Qo'shimcha materiallar

YXHT raisligi bo'yicha Litva bosh diplomati Ritis Paulaskas bilan suhbatimiz:

O'zbekistonda yopiq sudlar va huquq ahvoli haqida Surat Ikromov, taniqli faol bilan muloqot:

Qirg'izistonda o'zbek tilida axborot yetishmaydi, bu borada reportaj:

  • 16x9 Image

    Navbahor Imamova

    Navbahor Imamova "Amerika Manzaralari" turkumidagi teledasturlar muallifi. TV va radio diktor, prodyuser, muxbir va muharrir. AQSh siyosati va hayoti hamda Markaziy Osiyodagi muhim masalalarni yoritadi. "Amerika Ovozi"da 2002-yildan beri ishlaydi. Jurnalistik faoliyatini 1996-yilda O'zbekiston radiosining "Xalqaro hayot" redaksiyasida muharrir sifatida boshlagan. Jahon Tillar Universiteti Xalqaro jurnalistika fakultetida ham dars bergan. Ommaviy axborot vositalari bo'yicha bakalavrlikni Hindistonning Maysur Universitetidan (University of Mysore), magistrlikni esa AQShning Bol Davlat Universitetidan (Ball State University) olgan. Toshkent viloyati Bo'stonliq tumani Qo'shqo'rg'on qishlog'ida ziyoli oilasida ulg'aygan.

XS
SM
MD
LG