Partiyalar, bir yoqadan bosh chiqarib kuchli hukumat tuzing, deydi Yevropa tashkiloti

  • Amerika Ovozi

Partiyalar, bir yoqadan bosh chiqarib kuchli hukumat tuzing, deydi Yevropa tashkiloti

Partiyalar, bir yoqadan bosh chiqarib kuchli hukumat tuzing, deydi Yevropa tashkiloti

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti Qirg'izistonda parlamentga saylangan partiyalarni konstruktiv muloqot boshlab, mustahkam koalitsion hukumat tuzishga chaqirmoqda.

Tashkilotning Bishkekdagi direktor o'rinbosari Lilian Darii mamlakat murakkab ahvolda deydi.

"Qirg'izistonda vaziyat qaltis. Barcha siyosiy kuchlar bu yurt barqarorligi va barcha fuqarolar farovonligi yo'lida birga ishlashi shart. Parlamentga saylanganmi yo'qmi, jamiki partiyalar va harakatlar bu xalq kelajagi uchun bir yoqadan bosh chiqarishga majbur. Yevropadad Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti bu borada yordam ko'rsatishga tayyor", - deydi Lilian Darii.

Qirg'iziston prezident devoni boshqaruvchisi Emil Kaptayev fikricha mamlakatda yangicha siyosiy jarayon boshlash vaqti yetgan. Bu noyob imkoniyat, uni boy bermaslik kerak, deydi rasmiy.

"Siyosiy plyuralizm kafolatlanishi va kuchaytirilishi shart. So'z, fikr va fuqarolarning boshqa barcha huquq va erkinliklarini qadrlab, ularni ta'minlash uchun qattiq harakat qilishimiz kerak",- deydi Kaptayev.

"Qirg'iziston demokratik yo'ldan ketmoqda va undan qaytmasligi lozim", - deydi u.

Fuqaro jamiyati vakillari ham bu qarashdan yiroq emas. "Siyosiy partiyalar parlamenti" deb nomlangan huhukumat tashkiloti rahbari Roza Aknazarova xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash eng muhim vazifa bo'lsin, deydi.

10 oktabrda o'tgan saylovda parlamentga asosan besh partiya vakillari saylangan: “Ota Yurt”, Sotsial Demokratik Partiya, “Or-Nomus”, “Respublika" va “Ota Makon” sotsialistik partiyasi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG