YXHT o'zbek jurnalistlarini qamoqdan ozod etishga chaqirmoqda

  • Amerika Ovozi

Solijon Abdurahmonov

Solijon Abdurahmonov

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo’yicha vakili Dunya Miyatovich O’zbekiston hukumatini qamoqdagi jurnalist Solijon Abdurahmonovni ozod etishga chaqirdi.

Yevropa rasmiysiga ko’ra, mahbusning sog’lig’i so’nggi paytda keskin yomonlashgan va uning oilasi Abdurahmonovning qamoqda qolishi salomatligiga jiddiy zarar ko’rsatishidan xavotirda.

Solijon Abdurahmonov 2008-yilda hibsga olinib, giyohvand moddalar saqlash aybi bilan 10 yilga qamalgan edi. Kuzatuvchilar nazarida, jurnalistga qo’yilgan ayblov soxta bo’lib, u o’z professional faoliyati uchun qamalgan.

Dunya Miyatovich qamoqdagi yana ikki jurnalist Dilmurod Said va Hayrullo Hamidovni ham ozod etishga chaqirgan.
  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG