YXHT vakili O'zbekiston qonuniga kiritilgan o'zgarishlardan norozi

  • Amerika Ovozi

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo’yicha vakili Dunya Miyatovich

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo’yicha vakili Dunya Miyatovich

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkilotining matbuot erkinligi bo’yicha vakili Dunya Miyatovich O’zbekistonda Informatizatsiya haqidagi qonunga kiritilgan tuzatishlar so’z va matbuot erkinligini yanada cheklashidan xavotirda.

Hujjatda bloggerlar mas’uliyati oshirilib, bundan keyin uydirma yoki quruq gap tarqatgan mualliflar uchun javobgarlik belgilangan. O’zgartirilgan qonunga ko’ra, bloggerlar faqat tasdiqlangan axborotni tarqatishi mumkin bo’ladi, aks holda veb-sahifasi yopilib, o’zi esa ma’muriy jazoga tortiladi.

Internetda axborotning erkin bo’lishi so’z va matbuot erkinligi uchun juda muhimdir, deydi Miyatovich.

Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti vakili O’zbekiston hukumatidan qamoqxonadagi barcha jurnalistlarni ozod etishni talab qildi. Xususan, Solijon Abduraxmonov, Dilmurod Sayid, Hayrullo Hamidovlarning nomlari tilga olindi.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG