Qirg'iziston janubida advokatlar davlatdan himoya talab qilmoqda

  • Amerika Ovozi

O'sh mahallalarida

O'sh mahallalarida

Qirg’izistonning O’sh va Jalol-Obod viloyatlarida advokatlar nafaqat o'zining balki ular himoya qilayotgan insonlarning ham xavfsizligi ta’minlanishini talab qilmoqda. Davlat idoralari qanchalik kafolat bermasin, ayblanuvchilar va ularning advokatlari hatto sud zallarida ham tahqirlanmoqda.

Qirg’iziston janubida advokatlar uyushmasi O’sh voqealariga daxldorlikda ayblanayotgan fuqarolarni himoya qilishdan bosh tortgan. Rahbariyatga murojaatida ular o’z himoyasidagilar va advokatlarning xavfsizligini ta’minlang, deya talab qilgan.

Bu orada O’sh viloyati Qorasuv tumani militsiya boshlig’ining o’limida ayblanayotganlar ustidan sud esa davom etgan.

Mahalliy harbiy qismda o’tayotgan jarayonda sudlanuvchilarga tahdid, mushtumzo’rlik qayd qilingan.

“Sulaymon Nuri” nomli tashkilot qotillikda ayblanayotganlarni himoya qilyapti.

“Kecha jarayon tugagandan keyin bir ayblanuvchini urishibdi”, - deydi tashkilot raisi Sodiqjon Mahmudov.

“U yerda sud-meditsina ekspertizasidan o’tkazamiz deb harakat qilgandik. Lekin u haqida hali informatsiya yo'q. Lekin o'sha yerda bir ayblanuvchini qattiq urgan. Xavfsizlikni ta'minlaymiz degan. Bugun soat ikkida boshlanadi yana. Ko’ramiz qanday bo’lar ekan. Chora ko’rish kerak. Bu paytgacha hech qanday chora ko’rilgani yo’q. Kecha endi sudya qarab turdi. Birov oshiqcha baqirsa, bir narsa qilsa, to’xtatib turdi”.

Oshlik va Jalol-Obodda bir guruh advokatlar prokuratura oldida norozilik namoyishi o’tkazishni rejalagan edi. Ammo kecha mamlakat bosh vaziri Azimbek Beknazarov bilan bo’lgan uchrashuvdan so’ng tadbir qoldirilgan.

“Norozilik aksiyasi bo’lgani yo'q. Lekin ularga talab qo'yildi. Harakat bo’ldi, hujjat berib qo'yildi”, - deydi Sodiqjon Mahmudov.

Bugun Osh shahar prokuraturasi advokatlarga nisbatan avval yuz bergan zo’ravonlik hollari yuzasidan jinoiy ish qo’zg’agani haqida xabar qilgan. Gap himoyachilarni do’pposlash, ularning uloviga shikast yetkazish haqida ketayapti.

Mamlakat bosh vaziri ko’rsatmasiga binoan sudga ariza bilan murojat qilgan advokatlarga shaxsiy tan soqchi beriladi. Lozim bo’lsa, ularning uy joylari ham qo’riqlanadi. Shuningdek har bir sud majlisi xavfsizligini ta’minlash uchun 50 nafar maxsus guruh xodimlari ajratiladi.

Shu yilning iyun oyida dahshatli voqealarni boshdan kechirgan, etnik nafrat qurboni bo'lgan O'sh ahli qayta oyoqqa turishga, xalqaro hamjamiyat yordami bilan hayotini tiklashga urinmoqda. Mahallalar vayrona, qo'rqinch hissi arimagan, ammo odamlar ko'ziga boqsangiz umid uchqunlarini ham ko'rasiz. Quyidagi rasmlar "Amerika Ovozi" rus xizmati xodimi Erika Marat tomonidan olingan.

  • 16x9 Image

    Amerika Ovozi

    "Amerika Ovozi" - Vashingtonda asoslangan xalqaro teleradio, 45 tilda efirga chiqadi. O'zbek tilidagi ko'rsatuv va eshittirishlarda nafaqat xalqaro hayot balki siz yashayotgan jamiyatdagi muhim o'zgarishlar va masalalar yoritiladi. O'zbek xizmati AQSh poytaxtida olti kishilik tahririyatga va Markaziy Osiyo bo'ylab jamoatchi muxbirlarga ega.

XS
SM
MD
LG