Hayotdan to’ygan o’shliklar... Qirg'iziston janubida o'z joniga qasd qilayotganlar ko'p


O'tgan yilgi fojia oqibatida uysiz, ishsiz, yaqinlarisiz qolgan odamlar ko'p

O'tgan yilgi fojia oqibatida uysiz, ishsiz, yaqinlarisiz qolgan odamlar ko'p

Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, O’shda shu oyning birinchi haftasida yetti odam o’z joniga qasd qilgan. So’nggi oylarda shaharda 20 dan ziyod fuqaro o’zini o’ldirishga uringan.

Yosh va o’rta yoshdagi fuqarolar hayotdan vidolashish uchun zahar yoki ko’p miqdorda dori ichgan. Boshqalar o’zini suvga tashlagan.

Mutaxassislar o’z joniga qasd qilish hollarini o’tgan yilning yozidagi voqealar asorati bilan izohlaydi.

Hayotdan to’ygan o’shliklar... Qirg'iziston janubida o'z joniga qasd qilayotganlar ko'p

Hayotdan to’ygan o’shliklar... Qirg'iziston janubida o'z joniga qasd qilayotganlar ko'p

O’shlik psixoterapevt Ra’no Isroilova:

“Suitsidlar bo’lgan. Buni 100 foiz o’sha voqealar bilan bo’glash mumkinmi? Yozgi hodisalarga aloqasi bo’lmagan o’limlar ham bo’lgan. Bu insonlarga ruhiy yordam berish kerak. Vrach sifatida aytishim mumkin, o’sha to’qnashuvdan keyin o’zini o’ldirish hollari yo’q edi. Oradan vaqt o’tib, asorat sifatida yuzaga keldi. O’sha kunlari odamlar oziq-ovqat, hujjat qidirish bilan ovora edi. Hozir bu narsalar o’tib, endi-endi o’zini bo’sh qo’yar ekan, butun stress, zo’riqish o’zini namoyon eta boshladi”.

Mahalliy notijorat tashkilotlardan biri anchadan buyon tibbiyot masalalari, jumladan, ruhiy ko’mak ko’rsatish bilan mashhur. Tashkilot rahbari Mamasobir Burhonov o’z joniga qasd qilgan insonlar ko'pligi rost, deydi.

Hayotdan to’ygan o’shliklar... Qirg'iziston janubida o'z joniga qasd qilayotganlar ko'p

Hayotdan to’ygan o’shliklar... Qirg'iziston janubida o'z joniga qasd qilayotganlar ko'p

“Odamlar muammodan chiqa olmay, depressiyaga tushib qolishi, o’zini o’ldirishga harakat qilishi mumkin. Ko’plar o’tgan yilgi voqealardan keyin ochilmagan masalalar bor deydi, militsiya aholiga do’q-popisa qilayotganini ham eshitayapmiz”, - deydi u.

Shifokorlarning aytishicha, tushkunlikka tushgan odamni zo’ravonlik, nafsoniyatga tegish hollari, ishsizlik, kelajakka ishonchsizlik va hatto oddiy oilaviy janjallar suiqasdga yetaklashi mumkin.

“Jabr tortgan odamlar yo’qotgan narsalarini topib, ish joylariga o’rnashib olganida mana shuday hollar bo’lmas edi. O’zining o’rnini topa olmagan odam ruhiy tushkunlikka tushadi-da. Yo ishi, yo uyi yo’q”, - deydi Mamasobir Burhonov.

Mutaxassisalr o’tgan yilgi voqealar ketidan spirtli ichimliklarga ruju qo’yganlar ko’payganini aytadi.

“Ichkilik depressiyani vaqtincha unutishga majbur qiladi. Lekin odam kayfi tarqalgandan keyin yanada qiynaladi va o’limni tanlaydi”, - deydi Burhonov.

Hayotdan to’ygan o’shliklar... Qirg'iziston janubida o'z joniga qasd qilayotganlar ko'p

Hayotdan to’ygan o’shliklar... Qirg'iziston janubida o'z joniga qasd qilayotganlar ko'p

Qirg’izistonda to’rt ko’chma ruhiy ko’mak guruhi ishlab turibdi. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, o’tgan oylarda ruhiy yordam so’rab 18 ming odam murojaat qilgan.

Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti va Rossiya Federatsiyasi madadi bilan O’sh va Jalol-Obodda reabilitatsiya markazlari ochilgan. Mutaxassislar bu yo’lda yordamni yanada oshirish kerak deb hisoblaydi.

“Mahalliy idoralar yolg’iz bunga tayyor emas edi. Lekin xalqaro tashkilotlar qo’llab-qvvatlovi va mestniy guruhlar harakati bilan yaxshigina ishlar qilindi. Ruhiy muolaja beradigan guruhlar, o’zimizning mutaxassislar bor. Albatta, o’zaro yordam tashabbus guruhlari muhimroq, chunki boshidan o’tganni boshidan o’tgan tushunadi. Men o’zim, asablari chatoq fuqarolar, alkogol, narkomaniyaga berilgan odamlar bilan ishlayman. Mana insonlarni ko’rikdan o’tkazadigan alohida joy, imorat bo’lishi va unda samimiy muhit, masalan, bir payola choy bo’lishi kerak, deb hisoblayman”, - deydi Ra’no Isroilova.

Mamasobir Murhonov nazarida ham Qirg’izistonda bugun o'tkir mutaxassislar, ishini biladigan kadrlar yetishmaydi.

Hayotdan to’ygan o’shliklar... Qirg'iziston janubida o'z joniga qasd qilayotganlar ko'p

Hayotdan to’ygan o’shliklar... Qirg'iziston janubida o'z joniga qasd qilayotganlar ko'p

“Bundan tashqari, vrachlar mahallama-mahalla, uyma-uy yurishi lozim, menimcha. Kasalxonalarda, kabinetlarda doktorlar o’tiradi. Lekin bizning odamlar psixologik madad qidirib, bolnitsaga bormaydi-da. Shuning uchun qandaydir boshqa yo’llar, mobil guruhlarni ishga solish kerak”,- deydi u.

Tibbiyot xodimlari deydiki, janubda o’tgan yili ro’y bergan to’qnashuvlarning asorati yana uzoq yillar sezilishi mumkin. Demak, nafaqat tibbiy ko’mak, balki ijtimoiy, iqtisodiy va ma’naviy choralar kerak bo’ladi.

XS
SM
MD
LG